Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

O‘FA rahbariyati xorvatiyalik taniqli mutaxassis Alyosha Asanovich bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati xorvatiyalik taniqli mutaxassis Alyosha Asanovich bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi futbol mutaxassislari, murabbiylar hamda texnik direktorlarni o‘qitish, malakasini oshirish va ularga xalqaro tajribalarni o‘zlashtirishga ko‘maklashish borasida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘ygan. Bu borada o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha bir nechta xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilib kelinmoqda.

Mana shu hamkorlik doirasida kecha xorvatiyalik taniqli mutaxassis, Jahon chempionati ishtirokchisi, faoliyatida davomida ko‘plab nomdor jamoalar, xususan, «Monpelye», «Xayduk», «Valyadolid», «Napoli» va «Derbi Kaunti» kabi jamoalarda to‘p surgan sobiq futbolchi — Alyosha Asanovich yurtimizga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Alyosha Asanovich O‘zbekistondagi hududiy futbol assosiasiyalarining har bir yo‘nalish bo‘yicha olib borayotgan faoliyatini atroflicha o‘rganish, yurtimizdagi murabbiylar ish faoliyati va tajribasini tahlil qilish hamda tajriba almashish, texnik direktorlarga qo‘yiladigan talab va tavsiyalar bo‘yicha ma’lumot berish kabi vazifalarni maqsad qilgan.

Dastlab Alyosha Asanovich O‘zbekiston futbol assosiasiyasida bo‘ldi. O‘FA rahbariyati bilan uchrashuvda O‘zbekiston bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar dasturi muhokama qilindi.

Xorvatiyalik mutaxassis O‘zbekistonda 1 hafta davomida mamlakatimizning bir necha hududlarida bo‘lib, joylardagi futbol bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganib chiqish hamda o‘z xulosa va takliflarini taqdim etishni reja qilgan.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 12:23, 23.08.2022.
O'qildi: 2813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик