Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Sherali Boboqulov: «Finalda ham o‘zbekistonlik muxlislarni quvontirishga harakat qilamiz»

Sherali Boboqulov: «Finalda ham o‘zbekistonlik muxlislarni quvontirishga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

«So‘g‘diyona-W» jamoasi bosh murabbiyi Sherali Boboqulov ayollar jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionati G‘arb mintaqasidan o‘rin olgan Eronning "Bam Xatun" klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan ikkinchi o‘yin (1:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Avvalambor, jamoamizning tarixiy g‘alabasi bilan barchani tabriklayman. Bu g‘alabani futbolni yaxshi ko‘radiganlarga, ayollar futboliga befarq bo‘lmaganlarga bag‘ishlaymiz. Jamoamizning 5 yillik mehnatini bugun ko‘rsatishga harakat qildik. O‘z muxlislarimiz oldida g‘alaba qozonishni maqsad qilgandik. Bu g‘alabaning tagida futbolchilarning ulkan mehnati, jamoa rahbariyati va homiylarining bizga bo‘lgan e’tibori yotibdi.

Bugun jamoamizga qanchalik qiyin bo‘lganini ko‘rdingiz. Xalqaro musobaqada ilk marta ishtirok etyapmiz. Bugungi g‘alabaning qiymati juda yuqori edi. Ko‘p vaziyatlarga ega bo‘lganimizga qaramay, ulardan to‘laligicha foydalana olmadik. Futbol shunisi bilan qiziq. O‘yinlarimizni tahlil qilamiz. Eng asosiysi, g‘alaba qozondik, jamoadagi ruhiyatni ko‘tardik, finalga yo‘llanma oldik.

Ta’kidlaganimdek, "Bam Xatun" himoyada mustahkam o‘ynashga, oxirigacha kurashishga harakat qildi. Raqib bugun qarshi hujumda o‘ynab, o‘z imkoniyatidan foydalanishni maqsad qilgandi. Ammo biz ularga imkon bermaslikka harakat qildik. O‘zimiz esa ularning zaif joylarini topib, undan foydalandik.

Finalga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun bizda yetarlicha vaqt bo‘ladi. Final qayerda o‘tkazilishidan qat’i nazar o‘zbekistonlik muxlislarni xursand qilamiz, deb o‘ylayman.

Adashmasam, ushbu musobaqa uchinchi yil tashkil etilyapti. Bu turnir jamoalarga motivasiya beradi, ularning o‘sishiga turtki beradi. Xalqaro musobaqa rahbariyat tomonidan o‘zgacha e’tibor bo‘lishiga turtki beradi. Biz futbolchilar bilan kelishgan holda, mazkur turnirdagi g‘alaba orqali O‘zbekistonda ayollar futboli darajasini bir pog‘ona ko‘tarishni maqsad qilgandik. O‘zbekistonda ayollar futboliga bo‘lgan e’tibor o‘zgarishiga umid qilamiz", — dedi Boboqulov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:38, 23.08.2022.
O'qildi: 2967 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.