"Milan" himoyachisi Simon Kyer Italiya chempionatining 4-turi doirasida "Sassuolo"ga qarshi o‘yin uchun jamoa qaydnomasiga kiritilishi mumkin, deb xabar beradi Sky Sports Italia.
33 yoshli daniyalik tizzasidan olgan jarohati sababli taxminan 9 oyni o‘tkazib yubordi. Futbolchi oxirgi marta 2021 yil 1 dekabrda maydonda o‘ynagan.
"Sassuolo" - "Milan" uchrashuvi bugun, 30 avgust kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
Kyer o‘tgan mavsumda "Milan" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, gol ura olmadi.