Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 05:00 Peru - Urugvay
12/10 19:00 Dinamo 0-1 Navbahor

Futbolchi, yozuvchi, ota va endigina 22 yoshda! "MYU"ning 100 millionlik xaridi haqida nimalar ma’lum?

Futbolchi, yozuvchi, ota va endigina 22 yoshda! "MYU"ning 100 millionlik xaridi haqida nimalar ma’lum?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bu mavsumning o‘zida kuchli to‘rtlikdan tushib qolmaslik uchun barcha choralarni ko‘rishga intilmoqda. 70 million funtga Kazemiro, 84 millionga esa Antoni sotib olingani shundan dalolat beradi. Bugun jamoaning yangi hujumchisiga ozgina to‘xtalib o‘tishni lozim topdik.

100 million yevroga 22 yoshli futbolchini sotib olish, bu katta tavakkal deganidir. Niderlandiya futboli tarixida eng katta xaridga aylangan braziliyalik futbolchi Antoni, tez rivojlandi. U 2020 yilda Yevropaga yo‘l olgandi. Antoni uchun "Manchester Siti" hamda "Everton" o‘sha paytda kuchli qiziqish bildirgan. Ammo u "Ayaks"ni tanlaydi. Bugun esa u o‘z ustozi Erik ten Xag hamda jamoadoshi Lisandro Martinesning oldiga yo‘l oldi. Umuman olganda, bu yozdagi transfer "Ayaks" uchun ajoyib kechdi. Klub bir nechta futbolchisini jami 193 million funtga sotdi. Birgina "MYU"ning o‘zi ularga Martines hamda Antoni uchun 140 million funt to‘lab berdi.

Antonining to‘liq ismi Antoni Mateush Dos Santosdir. U yosh paytidayoq futbol klubi akademiyasiga olib kelinadi. Yosh futbolchi "San-Paulu" klubi akademiyasining mahsuli sanaladi. U jamoada debyut qilar ekan, bu bilan uni "Tottenxem" hujumchisi Lukas Moura tabriklaydi va yosh vingerga "o‘z ustida qattiq ishlash"ni maslahat beradi. Shundan keyin, Antoni Moura bilan yaqin do‘st tutinadi. U yosh bo‘la turib, o‘z jamoasiga Yaponiyada J League'ni yutishga yordam bergan. Shu sabab 18 yoshidayoq ilk professional shartnomaga imzo chekadi.

Oradan 12 oy o‘tgach, Antoni o‘g‘il farzandli bo‘ladi va Braziliya yoshlar termasida debyut qiladi. Futbolchi yaxshi yozuvchi hamdir. Hujumchi hozirda "Nyukasl" futbolchisi bo‘lgan Brunu Gimaraynsh bilan bu jamoani yangi marralar sari boshlaydi. Unga tez orada APL klublaridan taklif keladi. Ammo 2020 yilda "Ayaks"ga yo‘l oldi. Futbolchining u yerdagi maoshi haftasiga 12 ming funtni tashkil etardi. Antoni 2022 yilga qadar "Ayaks" safida ikki bor Niderlandiya chempioniga aylandi. Hujumchi yangi mavsumni ham zo‘r boshladi va ilk ikki o‘yinda bitta gol urdi. Yana ikki assistga mualliflik qildi. Antoni bundan 10 oy oldin Venesuelaga qarshi bahsda Braziliya milliy terma jamoasida debyut qilgan. Hozir esa 100 million yevro evaziga "Manchester Yunayted"ga yo‘l oldi. Unga bundan keyingi faoliyatida ham omad tilaymiz.

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:10, 30.08.2022.
O'qildi: 1948 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.