Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Oqilona yoki aksincha? — Parker iste’fosi ayni dam uchun qanchalik o‘rinli?

Oqilona yoki aksincha? — Parker iste’fosi ayni dam uchun qanchalik o‘rinli?

Baho:
+ | -

Premyer-ligada omadsiz ishtirok etayotgan "Bornmut" bosh murabbiyi Parkerni iste’foga chiqardi. Rahbariyat, uni nafaqat 0:9 hisobi uchun, balki klubni transfer bozorida passivlikda tanqid qildi.

Avgust tugadi va Angliya Premyer-ligasida birinchi iste’fo allaqachon sodir bo‘lgan. O‘tgan hafta oxirida "Liverpul"ga 9:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan "Bornmut" Skott Parkerni iste’foga chiqardi.

Premyer-ligada bunday erta iste’folar juda uzoq vaqtdan beri bo‘lmagan. Avgust oyida murabbiyning so‘nggi marta ishdan bo‘shatilishi bundan 18 yil oldin sodir bo‘lgan - Bobbi Robson o‘shanda "Nyukasl"dan chetlatilgandi. Uning oldida faqat to‘rtta holat bor edi: Pol Sturrok (Sautgempton, 2004), Ruud Gullit (Nyukasl, 1999), Kenni Dalglish (Nyukasl, 1998) va Piter Rid (Man Siti, 1993).

Parker butun yoz davomida kuchsiz tarkibdan nolidi. Klub egasi esa bundan to‘yganga o‘xshaydi.
Shanba kuni “Bornmut” “Liverpul”ga 0:9, undan oldin esa “Man Siti” va “Arsenal”ga (0:4 va 0:3) yutqazgandi. Ammo bu yerda gap “Enfild”dagi mag‘lubiyatning ulug‘vorligi va umuman natijalarda emasdek ko‘rinadi.

Klub egasi Maksim Demin shunday deydi: "Klub sifatida rivojlanishda davom etish uchun barqaror strategiyaga rioya qilish kerak. Biz bir-birimizga ishonch va hurmat ko‘rsatishimiz kerak”.

Oxirgi eslatma asosiy bo‘lib tuyuladi. Parker rahbariyatni transfer passivligi uchun ochiq tanqid qildi va yozda tarkib hatto chempionshipdagidan ham kuchsiz bo‘lib qolganini uqtirdi. U "Liverpul"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin ham bunga e’tibor qaratdi:

“Ajablanmang, chunki biz hozir o‘zimizdan ancha yaxshi jamoalarga qarshi o‘ynayapmiz. Men bahona qidirmayapman, biz ancha qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik. Lekin muxlislar va futbolchilarga achinaman – bizda hozir bu darajada o‘ynash uchun kadrlar yetishmaydi. Bu juda qiyin.

Natija men uchun vahshiy bo‘lmadi - men yoz bo‘yi shu haqida gapirganman. Jamoada ajoyib o‘yinchilar bor, lekin ularning ko‘plari birinchi marta Premyer-ligada harakat qilishmoqda. Bu mavsum biz uchun sinov bo‘lishini bilardim”.

Parker "Aston Villa"ga qarshi birinchi tur oldidan jamoa Premyer-ligaga tayyor emasligini chindan ham bildirdi:

"Shubhasiz, bizda ma’lum pozisiyalarda bo‘shliqlar bor. Biz bu mavsumda raqobatbardosh bo‘lishni xohlaymiz va buni hal qilishimiz kerak. Ayni paytda bunday emas. Biz hatto o‘tgan mavsumdagi holatimizdan ham kuchsizroq bo‘lib qoldik. Bizda himoyachilar yetishmayapti. Bu shunchaki fakt".

Muxlislar esa murabbiy tarafida bo‘lishdi - ijtimoiy tarmoqlarda ular kuchli oltitalikdagi jamoalardan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng murabbiyni ishdan bo‘shatishni talab qilishdi, biroq klub xo‘jayinlarining investisiyalar bo‘yicha pozisiyasini tushunishmadi. Bu yerda hatto Yurgen Klopp ham Parkerni qo‘llab-quvvatladi - "Liverpul" murabbiyi "Bornmut" egalariga hujum qildi:

Bugun men Skottning ishdan bo‘shatilganini eshitganimda, futbol klublarining to‘g‘ri egalari bo‘lishi qanchalik muhim deb o‘yladim. Ba’zi klublar shtatlarga tegishli, ammo ba’zilari biz kabi tuzilmaga ega".

Joriy mavsumda asosiy ligaga ko‘tarilgan uch jamoa ichida "Nottingem" va "Fulxem" yetarlicha kuchaytirildi va transferlar uchun yetarlicha pul sarflamoqda, "Bornmut" esa sezilarli ish qilmadi, bu murabbiy uchun oson emas. 

Parker bir tomondan haqiqatni gapirgan  – “Bornmut”da shunchaki kuchsiz tarkib bor. Jamoa kuchsizlanib qolgani haqida Skott juda ko‘p gapirdi. O‘tgan mavsumda uning himoyasida Net Fillips ("Liverpul"da) va Etan Leyrd ("Manchester Yunayted"da) o‘ynagan - ikkalasi ham qishda ijaraga olingan va tez-tez asosiy tarkibda tushishgan. Yozda Gari Keyxill jamoadan ketdi - lekin u endi tarkibga tusha olmadi. Ularning o‘rniga 13 million funt evaziga faqat Markos Senesi olindi - "Feyenoord" himoyachisi.

Umuman olganda, klub yozda transferlarga 25 million funtdan kam mablag‘ sarfladi - bu Premyer-liga standartlari bo‘yicha ancha kam. Mablag‘ning yarmi Senesi va Markus uchun jalb etilgan. 

Shuningdek, tarkibning zaifligini ko‘rsatadigan oddiy ko‘rsatkich ham bor - o‘yinchilarning Transfermarktdagi umumiy taxminiy bahosi. Bu ko‘rsatkich unchalik mos emas, lekin bizning holatlarimizda bu Parkerning ixtiyorida bo‘lgan o‘yinchilar darajasi haqida yaxshi tasavvur beradi. "Bornmut" jamoasining umumiy narxi 144 million funtni tashkil etadi, bu esa Premyer-ligadagi eng kam ko‘rsatkichdir. "Fulxem" oxiridan ikkinchi o‘rinni band etgan - 177 million, qolganlari - 200 va undan ko‘p. «Siti»ning tarkibi 1,1 milliardga baholanmoqda.

Parker boshchiligidagi "Bornmut" chempionshipda ikkinchi o‘rinni egalladi va rekordchi "Fulxem"dan atigi 2 ochko ortda qoldi. Aynan shu yozda londonliklar 50 million funt sarflab, Portugaliya, Shveysariya va Germaniyadan futbolchilar olib kelishdi. Parkerni katta ligalarda tajribasi bo‘lmagan.

Shunday bo‘lsa ham, hozir jamoani murabbiysiz qoldirish haqiqatdan ham to‘g‘ri qarormi?

Kiritildi: 06:09, 01.09.2022.
O'qildi: 1733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.