Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino - Yuventus

Rafael Varan: «Sevimli o‘yinchim yo‘q, shunchaki futboldan zavq olaman»

Rafael Varan: «Sevimli o‘yinchim yo‘q, shunchaki futboldan zavq olaman»

Baho:
+ | -

«MYU» Rafael Varan ishtirokida klub muxlislari bilan ijtimoiy tarmoqlarda suhbat uyushtirdi.

 Unda fransiyalik himoyachi turli mavzudagi savollarga javob berdi. Quyida ana shu o‘ziga xos intervyudan eng qiziqlarini e’tiboringizga havola etdik.

- Futbolga mehr qo‘yishingizga kim sababchi bo‘lgan?

- Bolaligimda har bir yaxshi futbolchiga ergashganman. Alohida bir kishini ajratib ko‘rsatolmayman. Lekin, albatta, ko‘proq himoyachilarga e’tibor berardim va shunchaki futboldan zavq olishni xohlardim.

- Qanday qilib bosim ostida bunchalik xotirjam bo‘lishga muvaffaq bo‘lasiz?

- Shunchaki o‘zligimda qolishga harakat qilaman. Bosimni o‘zgartirish uchun konsentrasiyani saqlash va diqqatni jamlashga harakat qilaman. Va xotirjamlikni saqlashga harakat qilaman, lekin bu har doim ham oson bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsada, bor e’tiborimizni o‘yinga qaratamiz.

- Hozirgacha «Yunayted»dagi o‘yinlaringizdan qaysi biri sizga ko‘proq yoqdi?

- Bitta o‘yinni ajratish qiyin, lekin «Old Trafford»dagi birinchi golim o‘zgacha lahza bo‘ldi.

- «MYU» safidagi ilk golingizni («Brentford»ga qarshi o‘yinda) urganingizda o‘zingizni qanday his qildingiz?

- Albatta, bu ajoyib edi. Aql bovar qilmas tuyg‘ular... juda xursand bo‘ldim.

- Nega 19-raqamni tanladingiz?

- Bu «Real»dagi birinchi raqamim edi, shuning uchun uni boshqa buyuk klubda ham saqlab qolishga qaror qildim.

- Tarixdagi eng sevimli futbolchingiz kim?

- Javob berish qiyin. Mening sevimli o‘yinchim yo‘q, shunchaki futboldan zavqlanaman.

- JCH-2018 finalining so‘nggi hushtagini eshitganingizda birinchi bo‘lib nimani o‘yladingiz?

- Bu o‘zgacha lahza edi. Faoliyatimda boshdan kechirgan eng kuchli tuyg‘u, desam adashmayman. Bu juda katta kubok va alohida onlar, shuning uchun ajoyib bo‘ldi.

- Futboldan tashqari eng katta yutug‘ingiz nima?

- Hayotimdagi eng muhim narsa bu mening oilam. Demak, eng muhimi shu.

- «MYU»ning qaysi sobiq futbolchisi bilan o‘ynashni ko‘proq hohlagan bo‘lardingiz?

- Ehtimol, Loran Blan bilandir, chunki u ham men kabi fransiyalik himoyachi va ajo­yib futbolchi bo‘lgan.

- Siz klub va xalqaro miq­yosda katta jamoalarda o‘ynagansiz, sizningcha, «MYU» nimasi bilan ajralib turadi?

- Menimcha, «Old Trafford» o‘zgacha. Bu yerdagi muxlislar ajoyib. Biz doim va dunyoning har bir chekkasida qo‘llab-quvvatlashlarini his qilamiz.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:58, 02.09.2022.
O'qildi: 1474 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик