Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

APLning eng badavlat sohiblari

APLning eng badavlat sohiblari

Baho:
+ | -

Futbol - ulkan biznes, har qachongidan ham ulkanroq biznes va Angliya futboli, shubhasiz, bundan mustasno emas

Oxirgi 20 yil davomida sayyoramiz milliarderlari o‘z sarmoyalarini APLga kiritganliklari va shu bilan cheklanib qolmaganliklari sir emas. Ingliz klublari sohiblari bilan telefon orqali bog‘lanib, ularning boyliklari xususida savol berish anchayin mashaqqatli va noqulay yumush ekanligi bois, «Forbes»ning badavlat shaxslar ro‘yxatidan foydalanish va tegishli sarmoyadorlarni tanlab olishni o‘rinli topdik.

Materialda «Manchester Siti» sohibi shayx Mansur yoki «Nyukasl»ning saudiyalik sohiblari yo‘qligi sizni ajablantirishi mumkin. Buning sababi - sarmoya yagona shaxsga tegishli emasligi va shunchaki, uni tasdiqlashning iloji yo‘qligidir. Endi navbatni Angliya futbolidagi yetakchi sohiblar o‘nligiga beramiz.


10. Go GUANCHAN, «Vulverxempton» (3,5 mlrd. funt)

2016 yilning yozida Go Guanchanning Fosun International konglomerati «Bo‘rilar»ni xarid qildi va uning moliyaviy ko‘magi evaziga jamoa oliy diviziondagi mavqeini tiklab oldi.


9. Todd BOULI, «Chelsi» (3,6 mlrd. funt)

Shu yilning may oyida Todd Boulining konsorsiumi «ko‘klar» xaridi uchun 4,25 mlrd. funtni to‘lab, Roman Abramovichning «Stemford Brij»dagi davriga yakun yasadi. 48 yoshli amerikalik biznesmen «Chelsi»dan tashqari, «Los-Anjeles Dodgers» nomli beysbol va «Los-Anjeles Leykers» nomli basketbol jamoalariga ham sarmoya kiritgan.


8. Xansyorg VISS, «Chelsi» (4 mlrd. funt)

86 yoshli shveysariyalik biznesmen Xansyorg Viss ham Bouli bilan birgalikda «ko‘klar»ning direktorlar kengashidan joy olgan. «Forbes» uni dunyodagi eng sahovatpesha kishilardan biri sifatida e’tirof etgan. Atrof-muhitni muhofaza qilish ishlariga sidqidillik bilan hissa qo‘shishga odatlangan qariya 2028 yilga qadar tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga 1 mlrd. dollar sarflashga va’da bergan.

 

7. Daniel KRETINSKI, «Vest Xem» (4,1 mlrd. funt)

Praganing «Sparta» klubi hamsohibi va prezidenti bo‘lishga ulgurgan chexiyalik huquqshunos Daniel Kretinski 2021 yilning noyabrida «Vest Xem» aksiyalarining 27 foizini xarid qilgan va yaqin kelajakda klubga to‘la-to‘kis egalik qilishga kelishib olgandi. «Bolg‘achilar» - Kretinskining Angliyadagi yagona biznes-loyihasi emas: 46 yoshli tadbirkor Sainburys klubi aksiyalarining 10 foizini ham xarid qilgan. 

 

5. Josh XARRIS, «Kristal Pelas» (4,3 mlrd. funt)

Bu tadbirkor 2017 yilda Devid Blitser bilan hamkorlikda «Kristal Pelas»ga o‘zining sport portfelidagi «Filadelfiya 76ers» basketbol va ««Nyu-Jersi Devilz» xokkey klublari yonidan joy bergandi. Sport ishqibozi bo‘lgan Garvard biznes maktabining bitiruvchisi hozir marafon va triatlon musobaqalarida ishtirok etmoqda.


5. Jo LYUIS, «Tottenxem»  (4,3 mlrd. funt)

Otasining restorani ustida dunyoga kelgan «Tottenxem»ning xushchaqchaq sohibi valyuta savdosi, ko‘chmas mulk va mehmonxona biznesi tufayli boyib ketgandi. 85 yoshli qariya «taqachilar»ning aksiyalar paketini 2001 yilda xarid qilgach, o‘zining ENIC Group kompaniyasi direktori Deniel Levini boshqaruv raisi lavozimiga tayinlagandi.

4. Nassef SAVIRIS, «Aston Villa» (5,8 mlrd.funt)

Misrdagi eng badavlat oilaning a’zosi bo‘lgan Saviris «Forbes»da boyvachcha arablar ro‘yxatining peshqadami hisoblanadi. 61 yoshli biznesmen «Aston Villa»ni amerikalik milliarder Ues Edens bilan hamkorlikda boshqarmoqda. Kimyo hamda qurilish tarmoqlarining yirik vakili hisoblanadigan misrlik ishbilarmon «Nyu,York Kniks» basketbol, «Nyu,York Reynjers» hamda «Adidas» xokkey klublari sohibidir.


3. Shohid XON, «Fulxem» (5,9 mlrd. funt) 

2011 yilda MFLning «Jeksonvill Yaguars» klubini xarid qilgan Shohid Xon 2013 yilda Muhammad al Fayyoddan «Fulxem»ni sotib oldi. 71 yoshli qariya 16 yoshli paytida AQSHga yo‘l olgan, Illinois universitetini «muhandis-texnolog» ixtisosi bo‘yicha tamomlab, avtomobil sanoatida ulkan boylikka ega bo‘lgan.


2. Sten KROYENKE, «Arsenal» (8,8 mlrd. funt)

«To‘pchilar» bilan 2007 yilda aloqa bog‘lagan amerikalik ko‘chmas mulk va sport magnati Sten Kroyenke 2018 yilda Alisher Usmonovning ulushini ham xarid qilib, klubning mutlaq sohibiga aylandi. 74 yoshli biznesmen shuningdek, o‘z yurtida MLSning Colorado Rapids, MXLning Colorado Avalenche, MBAning Denver Niggets va Superkubokning amaldagi sohibi Los Angeles Rams jamoalariga ham egalik qilmoqda.


1. Lakshmi MITTAL, «QPR» (13 mlrd. funt)

«QPR»ning chempionlik ekipirovkalari hamsohibi Lakshmi Mittal Angliya futbolidagi eng badavlat shaxs. «Forbes» ma’lumotlariga binoan, u sayyoramizdagi badavlat kishilar ro‘yxatida 102-o‘rinni band etgan. 71 yoshli hindistonlik po‘lat magnati 2007 yilda do‘stlari Berni Ekklstoun va Flavio Briatorelar bilan hamkorlikda Loftus Road bosh­qaruv kengashidan joy olgandi.

SODIQ SOBIR tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 00:01, 03.09.2022.
O'qildi: 4131 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.