Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

"Arsenal" to‘rtlikka kira olishi mumkinligini isbotladi. Haqiqiy sinov esa endi boshlanadi!

"Arsenal" to‘rtlikka kira olishi mumkinligini isbotladi. Haqiqiy sinov esa endi boshlanadi!

Baho:
+ | -

Beshta o‘yinda beshta g‘alaba va 100 foizlik natija! Bu so‘zlar istalgan "Arsenal" muxlisi qulog‘iga xush yoqadi. Jamoa haligacha birorta durang qayd etgani yo‘q. Chorshanba kungi "Aston Villa"ga qarshi bahs esa hech narsani anglatmaydi. Albatta, turnir jadvalida yetakchilik qilish katta mehnat va puxta tayyorgarlikni talab qiladi. Agarda beshta o‘yinda g‘alaba qilsang, ammo bu yutuqlar "Aston Villa"ga o‘xshagan o‘rtamiyona jamoalarga qarshi kechgan bo‘lsa, haqiqatdan ham natija hali hech narsani anglatmaydi. Chunki, hali top-oltilikka kiruvchi jamoa bilan to‘qnash kelinmagan bo‘ladi...

"Arsenal"ning bu odimlashi fonida yaxshi xabar ham bor. Natijalarni ko‘rib turib, hech kim jamoani chempionlik uchun kurashadi deb hisoblamayapti. Bu esa klub foydasiga ishlaydi. Negaki, voqelikda ham "Arsenal"ning tarkibi "Manchester Siti" bilan chempionlik uchun kurashga emas, balki "Tottenxem" yoki "Chelsi"ga qarshi YECHL yo‘llanmasiga egalik qilish uchun mos keladi. "Arsenal" bu mavsumda, so‘nggi to‘rt-beshtasiga qaraganda yaxshiroq ko‘rinmoqda. Agarda mana shu darajasi bilan YECHLga yo‘l ola bilmasa, u holda bu katta yo‘qotish va mag‘lubiyat sifatida ko‘riladi. Ammo hozirga qadar, bunday bo‘ladigan ko‘rinmaydi. Bunga bir nechta asosli sabablar mavjud.

Birinchidan, Gabriel Jezus kabi katta kalibrli hujumchi olib kelindi. U nafaqat markaziy hujumda, balki qanotlarda ham harakat qila oladi. Bunday ko‘pfunksiyali futbolchi bilan raqib himoyachilarini chalg‘itish oson. Ikkinchidan esa Sakaning darajasi. 21 yoshli vinger yetuklikka yaqin turibdi. Uning dinamik harakatlari hammani xushnud etadi. Ammo Sakaning kichik muammosi bor: u - vaziyatlari muvaffaqiyatli yakunlash bilan bog‘liq.
Uchinchi sababni ham siz bilasiz. Bu – Gabriel Martinelli. U ham barcha braziliyaliklar kabi o‘ta iqtidorli. Mehnatlari evaziga esa asosiy jamoadagi joyini mustahkamlab bormoqda. Yosh hujumchi allaqachon uchta golga mualliflik qilishga ulgurgan.

Jamoaning so‘nggi ikki o‘yiniga e’tibor bersangiz, gol o‘tkazilganidan keyin, darrov javob bo‘layotganiga guvoh bo‘lasiz. Aynan mana shu jihat ham shakllangan jamoalarga xos. Agarda o‘tgan mavsumdagi "Arsenal" bo‘lganida, bu o‘yinlardan balki 2 ochko olgan bo‘lardi. Ammo bundan ko‘p emas. Hozir esa ular 6 ochkoga ega chiqdi. Mikel Arteta uzoq vaqtdan buyon (uch yil) qurayotgan jamoasi va g‘oyasi ishlay boshladi. Ammo tajriba ham ko‘p paytlarda o‘z so‘zini aytib kelgan. Anglagan bo‘lsangiz, "Arsenal" mavsumning qolgan qismini mag‘lubiyatlarsiz davom ettira olmaydi. Negaki, "Manchester Siti" "Liverpul" hamda "Chelsi" osonlikcha taslim bo‘ladiganlardan emas. Hatto, "Tottenxem" ham, endilikda, "to‘pchilar" o‘z o‘yinlarida asosan ko‘kka so‘vuradigan vaziyatlarni doim ham taqdim etmaydi. Xullas, jamoaga nisbatan yengil, lekin murakkab bo‘lgan mavsumning ilk sinovi duch kelmoqda. Bu sinov "Old Trafford"da o‘tadi. Ko‘ramiz, "Arsenal" mag‘lubiyatlarsiz qanchalik uzoqqa bora olar ekan...

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 16:22, 03.09.2022.
O'qildi: 2657 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.