Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"PSJ" prezidenti Yevropaning ba’zi klublarini tanqid qildi

"PSJ" prezidenti Yevropaning ba’zi klublarini tanqid qildi

Baho:
+ | -

"PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfi Yevropaning ba’zi klublarini noto‘g‘ri moliyaviy siyosatda jamoa nomidan aytmagan holda tanqid qildi.

"Ba’zi klublarning qarzlari 1,8 milliard yevroga yetadi. Ayrim prezidentlar qarzga botib, uni o‘z vorislariga “meros” qilib o‘tkazadilar. Shunday qilib, bu yildan-yilga davom etadi. Bu nafaqat ushbu klublarning kelajagiga, balki futbol rivojiga tahdid soladi. Biz o‘zimizni yanada ehtiyotkor va oqilona tutishimiz kerak. Klublarni bunday o‘ylamay rahbarlik qilishdan himoya qilish uchun maxsus qoidalar zarur", - deya Al-Xelayfidan iqtibos keltiradi RMC Sport.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) "PSJ"ni moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun 10 million yevro miqdorida jarimaga tortgan edi.

Kiritildi: 19:50, 05.09.2022.
O'qildi: 1953 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик