Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

"MYU" va "Arsenal" futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa bilan tanishing!

"MYU" va "Arsenal" futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa bilan tanishing!

Baho:
+ | -

"Arsenal" 6-turda "Manchester Yunayted" bilan to‘qnash keldi. To‘qnashuvdan oldin har ikki jamoaning ham kayfiyati yomon emas edi. Undan keyin esa "Arsenal"ning kayfiyatida o‘zgarish bo‘lishi tayin. Xususan, Erik ten Xag boshchiligidagi "qizil iblislar" mavsumni ancha omadsiz boshlab, shunga qaramay, so‘nggi 3 ta o‘yinni g‘alaba bilan yakunlagandi. "Arsenal"da esa ishlar joyida bo‘lgan. Jamoa mag‘lubiyatga qaramasdan hozir ham turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Ular 5 ta o‘yinda ketma-ket g‘alaba qozongan edi. "MYU"dan esa 3-1 hisobida mag‘lubiyat qabul qilib oldi. Shunga qaramay, so‘nggi yillarda Angliyaning ushbu ikki yirik klubining ishlari unchalik ham yurishayotgani yo‘q. Xususan, ularning hech biri 3 mavsumdan beri sovrin yutgani yo‘q. Quyida "MYU" hamda "Arsenal"ning joriy mavsumdagi tarkibidan tuzilgan terma jamoa haqida so‘z boradi.

"Arsenal" sardori bo‘lgan Martin Edegorning ayni paytdagi sport formasi, uni 10-raqamli futbolchining o‘rniga qo‘yishga asos bo‘ladi. Edegor Fernandeshdan ko‘ra mahsuldor o‘yin ko‘rsatmoqda. Xususan, yosh norvegiyalik allaqachon 3 ta gol urishga erishgan. "MYU"dan esa hujumning chap qanotiga vakil olamiz. Jeydon Sancho bu o‘ringa loyiq topilgan. O‘ng qanot esa Bukayo Saka bilan to‘ldiriladi. Chunki Sakani nimalarga qodir ekanini yaxshi bilamiz. Garchand mag‘lubiyatga uchralgan bo‘lsada, u "MYU"ga qarshi gol urdi. Saka, shuningdek, assistentlik qilish borasida ham kuchli. Markaziy hujumda Reshford hamda Jezus variantlari mavjud. Biz esa Jezusni tanlashga qaror qildik. Negaki, uning o‘z jamoasidagi ta’siri nisbatan ancha kuchlidir.

Tayanch yarim himoyasida Granit Jakani ko‘rmaslikning iloji yo‘q. Ammo 11 talik jamoaga Eriksen hamda Kazemiro loyiqroqdir. Xususan, Eriksen "Lester"ga qarshi bahsda o‘yinni nazorat qilishda katta ishni bajargandi. "MYU"ning ramziy terma jamoadagi so‘nggi vakili markaziy himoyada. Lisandro Martinesning jamoa g‘alabalariga qo‘shgan hissasi katta bo‘lmoqda. Shu sababli unga otilgan tanqid toshlarini ham unutib turamiz.
Chap qanotda Oleksandr Zinchenko harakat qilishini ma’qul topdik. Sobiq chempionlar jamoasi a’zosining darajasi bunga imkon beradi. Martinesga markaziy himoyada Saliba yordam beradi. O‘ng qanotda esa Salibaning eng yaqin sherigi bo‘lgan Ben Uaytni joylashtiramiz. Darvozani kimga ishonib topshirishimizni yaxshi bilasiz. Eron Ramzdeyl bu mavsumni ham yodirishda davom etmoqda. Shu sabab uning nomi David De Xeadan oldin tilga olinadi!

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 09:00, 07.09.2022.
O'qildi: 2885 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.