“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar ligasidagi oltinchi xet-trikini qayd etdi.
Hujumchi “Viktoriya”ga qarshi o‘yinda (5:1) uch bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Chempionlar ligasining bitta o‘yinida polshalikdan atigi ikkita futbolchi uchtadan ko‘p gol urgan: Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi. Ular turnirda 8 tadan xet-trikga ega.