Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Mirjalol Qosimov: “Bugun haqli ravishda durang bo‘ldi”

Mirjalol Qosimov: “Bugun haqli ravishda durang bo‘ldi”

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Superligasining 18-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – AGMK (0:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida AGMK jamoasi ustozi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

– Qiziqarli va kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Haqli ravishda durang bo‘ldi. Birinchi bo‘limda “Qo‘qon-1912” jamoasi  hujumlarda yaxshi harakatlandi. Ayniqsa Shohnazar  Norbekov bizga qiyinchilik tug‘dirdi. Ikkinchi bo‘limda o‘yin tizginini qo‘limizga oldik. Lekin bunday o‘yinlarda ko‘p imkoniyat bo‘lmaydi. Vaziyatlarimiz bor edi, futbolchilarimiz gol urishlari kerak edi. O‘yin vaqti o‘tib borgani sari o‘yinchilarda ko‘p “brak”lar bo‘ladi. “Qo‘qon-1912” jamoasini ham tushunib turibmiz, ular pastki o‘rinlardan birida. Duranglar o‘ynayapti. Biz esa yuqori maqsadlarni qo‘yganmiz va bunday bahslarda yutishimiz kerak. Lekin shunaqasi ham bo‘lib turadi.

– “Qo‘qon-1912″da Ivan Yosovich, Anvar Hojimirzayev, Bilolxon Toshmirzayev, Aleksandr Merzlyakovlar maydonga tushmadi. Kuchsizlangan jamoani yengish uchun AGMKga nima yetishmadi?

– Gol yetishmadi. “Qo‘qon-1912” jamoasini kuchsiz demayman. Jadvalda bunday o‘rindagi jamoalar bilan o‘yin juda ham qiyin. Superligada qolish uchun jon-jahdi bilan kurashyapti. Muxlislar uchun gol kerak, g‘alaba kerak. O‘z jamoasi uchun muxlislik qilishadi. Ikkinchi bo‘limda gol urganimizda o‘yin yanada boshqacha bo‘lardi. O‘yin yanada ochilardi. O‘zinglar ham guvoh bo‘ldinglar, jamoa ikkinchi raqamda harakat qildi. Bunaqada yorib kirish qiyin bo‘ladi.

– Valijon Rahimov nega 2 ta o‘yindan buyon maydonga tushmayapti?

– Unda jarohat bor.

– Keyingi turda “Paxtakor” bilan o‘yinda bugungi yo‘qotilgan ochkoni to‘ldirishga ishonasizmi?

– Har bir o‘yinga tayyorlanamiz, ajratmaymiz. Taqvim bo‘yicha o‘ynaymiz. Kim bilan o‘ynashimizdan qat’iy nazar doim chiroyli o‘yin ko‘rsatish va albatta g‘alaba uchun chiqamiz.

– “Nasaf” bilan kubok o‘yinida final uchun harakat qilasizlarmi?

– Albatta, harakat qilamiz, axir klubdagi barcha harakatlar sovrin yutish uchun amalga oshirilayapti. Yarim finalgacha oson bo‘lmadi. OCHL yo‘llanmasi uchun o‘yin bo‘ladi.

Kiritildi: 00:05, 10.09.2022.
O'qildi: 1119 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.