Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Flik «Atletiko»ni qanday mag‘lub etish yo‘lini aytdi

Flik «Atletiko»ni qanday mag‘lub etish yo‘lini aytdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Atletiko»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘z maydonida 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan kataloniyaliklar uchun vaziyat ancha murakkab.

«Avvalo, biz ertaga yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Diqqatimizni natijaga emas, balki kuchli o‘yin namoyish etishga qaratishimiz lozim. Qachonki yaxshi o‘ynasak, gollar ham albatta keladi. Bu galgi bahs boshqacha ruhda o‘tadi, biroq har qanday holatda ham u hayratlanarli bo‘lishi aniq.

Vaziyatni o‘nglash va keyingi bosqichga chiqishning iloji bor, nega endi yo‘q? Albatta, biz juda kuchli «Atletiko»ga qarshi o‘ynaymiz va juda yuqori darajadagi o‘yin ko‘rsatishimiz shart. Vaziyatlardan unumli foydalanishimiz kerak, chunki o‘tgan bahsda aynan shu jihat farqni yuzaga keltirgan edi», — dedi Flik jurnalistlarga.

Kiritildi: 23:11, 13.04.2026.
O'qildi: 3517 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик