Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Flik «Atletiko» bilan javob o‘yini oldidan jamoani qanday jipslashtirish yo‘lini topdi

Flik «Atletiko» bilan javob o‘yini oldidan jamoani qanday jipslashtirish yo‘lini topdi

Baho:
+ | -

Seshanba kuni Chempionlar ligasi chorak finali doirasida «Barselona» va Madridning «Atletiko» jamoalari o‘rtasida javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

«Ko‘k-anorranglilar» yarim finalga chiqish uchun ikkita to‘p farqini yo‘qqa chiqarishlari kerak — dastlabki bahsda ular o‘z maydonlarida 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi. Jurnalist Gabriel Sansning xabar berishicha, kataloniyaliklar ustozi Xans-Diter Flik Madridga barcha futbolchilarni, jumladan jarohatlanganlarni va diskvalifikasiya qilingan Pau Kubarsini ham olib ketmoqchi. Nemis mutaxassisining fikricha, bu chora muhim bahs oldidan jamoaviy ruhni mustahkamlaydi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» o‘z maydonida kechgan o‘yinning birinchi bo‘limi oxirida Kubarsining chetlatilishi sababli bir kishi kam bo‘lib qolgan edi — aynan shu sababli u javob uchrashuvini o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 11:29, 13.04.2026.
O'qildi: 1857 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик