Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Shaskix: "Hakamlar bugun jamoalarga o‘ynashga imkon berishdi"

Shaskix: "Hakamlar bugun jamoalarga o‘ynashga imkon berishdi"

Baho:
+ | -

Superliga 18-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvidan (2:1) so‘ng "sherlar" bosh murabbiyi Maksim Shaskix qo‘yidagi fikrlarni bildirdi.

- Bugun o‘yinimiz yomon ko‘rinmadi. Qizib olishimiz uchun gol o‘tkazishimizga to‘g‘ri keldi. Buning sababini tahlil qilamiz. Biz yengil yo‘l qidirmaymiz: bizga o‘yinni kelishgandek boshlash uchun qandaydir uchqun kerak. Yetarlicha vaziyatlar yaratdik, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Imkoniyatlardan foydalanish borasida ishlashimiz zarur. Hakamlikka kelsak, bugun ular jamoalarga o‘ynashga berishdi.

Bizda raqobat kuchli va har bir futbolchida o‘ynash imkoniyati mavjud .Biz uchun ularning terma jamoa nomzodi yoki boshqa darajada ekanining farqi yo‘q. Ularni har kuni ko‘ramiz, mashg‘ulotlarda qanday ishlayotganini kuzatamiz. Shundan kelib chiqqan holda tarkibni tanlaymiz. Hech kimga joy kafolatlanmagan. Raqobatsiz holatda inson quyiga qarab sho‘ng‘iydi.

Banashak jamoaga moslashib bo‘ldi, ammo vaziyatlardan foydalanish borasida ishlashi kerak. Har bir o‘yinda gol urmayapti, lekin to‘p kiritmoqda va bu yaxshi. U individual mahoratini o‘stirish ustida mehnat qilishi lozim. Sheriklari yaratib berayotgan imkoniyatlardan foydalanishi kerak.

Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:10, 10.09.2022.
O'qildi: 1956 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик