Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

YЕCHLning ikkinchi turida ularga oson bo‘lmaydi: "Barselona"ga uch maslahat

YЕCHLning ikkinchi turida ularga oson bo‘lmaydi: "Barselona"ga uch maslahat

Baho:
+ | -

YECHLning ikkinchi turida "Bavariya" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi. Kataloniyaliklar yevrokuboklarda ketma-ket to‘rt o‘yindan beri Myunxen klubiga mag‘lub bo‘lib kelmoqda. Seshanba kuni esa "Barsa" uchun hammasi yanada murakkab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, mehmonda. Ayni damda "Bavariya"ning ichki chempionatdagi ahvoli yaxshi emas. Ammo "Barselona" bilan hammasi boshqacha bo‘ladi. Quyida "Barselona" o‘ta ehtiyot bo‘lishi kerak bo‘lgan raqibning uchta futbolchisi keltirib o‘tiladi.

1. Sadio Mane

Mane "Bavariya"ga Levandovskiga o‘rinbosar sifatida olib kelingan edi. Sobiq "Liverpul" hujumchisi old chiziqning har uchala qismida o‘ynay oladi. Bu esa "Bavariya" uchun juda muhimdir. Mavsum boshlanganiga 1 oy bo‘ldi. Mane esa yangi jamoasida 5 ta gol urishga erishdi. U bo‘lajak o‘yinda "Barselona" himoyachilariga yaxshigina "bosh og‘riq" bo‘lishi kutilmoqda.
Yulian Nagelsmanning futbol sxemasida, Mane to‘qqizinchi raqamli hujumchi vazifasiga qo‘yilgan. Ammo u istalgan vaqtda qanotlarda ham o‘ynash qobiliyati va imkoniyatiga ega bo‘ladi. Turgan gapki, bunday o‘zgaruvchanlik, istalgan raqib himoyachisi uchun murakkablik tug‘diradi.

2.Yozua Kimmix

Kimmix "Bavariya"ning eng muhim futbolchisiga aylanib ulgurgan. Futbolchining tajribasi, vaziyatlarni ko‘ra-bilishi va yetakchiligi, jamoaga juda kerakli qurol sanaladi. Kimmix to‘pni nazorat qilish, o‘yinni boshqarishda, tashabbus qarshi tarafda bo‘lganida esa, pressingning ikkinchi chizig‘ida katta ish bajara oladi. "Barselona" bu jihatlarni hisobga olgan holda, Kimmixning jarima zarbalari hamda standart vaziyatlardagi uzatmalaridan ehtiyot bo‘lishi lozim. Uning passlari ayniqsa, de Ligt hamda Lukas Ernandes raqib jarima maydoni ichida bo‘lganida, yanada xavfli tus oladi. Kimmix, shuningdek, bo‘lajak bahsda ter Shtegenni uzoq masofadan beradigan zarbalari orqali ham "sinov"dan o‘tkazib ko‘radi.

3. Jamal Musiala

Kimmix va Mane o‘z tajribalari orqali jamoani muqobil ushlab tursa, ularning bir sherigi, butunlay boshqacha uslub namoyish etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U Jamal Musialadir. Yosh yarim himoyachi "Bavariya"ning eng ijodkor futbolchisi sifatida e’tirof etiladi. Uning o‘ziga xos uzatmalari raqib mudofaasini oson yorib o‘tishda katta rol o‘ynaydi. Shuningdek, Jamal dribling qobiliyati tufayli, bemalol himoyachilarni chalg‘ita oladi. Shu sababdan "Barselona" o‘z pressing qobig‘ining ikkinchi chizig‘iga Musialaga qarshi tura oladigan tayanch yarim himoyachilarini joylashtirishi kerak.
Shuningdek, "Bavariya" safida katta xavf deya Alfonso Deyvisni ham ayta olamiz. Qanot vakilining zargarona paslari "Barsa" uchun o‘ta murakkab ishga aylanishi tayin. Kanada terma jamoasi a’zosi "qizil-anorranglilar" o‘ng qanotini tindirmasligi aniq. Deyvis va Jyul Kunde to‘qnashuvini ko‘rish esa muxlislar uchun qiziq voqea bo‘ladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: newsnow.co.uk
Kiritildi: 12:22, 12.09.2022.
O'qildi: 5617 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.