Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

AQSH terma jamoasi ustozi: "Tuxelning ketishi Pulishich uchun ijobiy bo‘ldi"

AQSH terma jamoasi ustozi: "Tuxelning ketishi Pulishich uchun ijobiy bo‘ldi"

Baho:
+ | -

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Gregg Berxalterning fikricha, hamkasbi Tomas Tuxelning "Chelsi"dan iste’foga chiqarilishi vinger Kristian Pulishichga foyda keltirishi mumkin.

Pulishich so‘nggi oylarda "Stemford Bridj"da o‘ynagan daqiqalar sonidan yaqqol hafsalasi pir bo‘ldi va bu Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi Jahon chempionati yaqinlashayotgani sababli, Berxalter va Kristianning o‘zi uchun xavotir uyg‘otdi.

Biroq, o‘tgan hafta o‘rtalarida "Chelsi" Tuxelni iste’foga chiqardi va uning o‘rniga Grem Potterni tayinladi. Shu sababli, yangi bosh murabbiy Pulishichga ko‘proq ishonch bildirishiga AQSH terma jamoasi ustozi umid qilmoqda.

"Birov ishini yo‘qotsa, xursand bo‘lmayman. Ammo bu Kristianning imkoniyatlari ko‘proq bo‘lishini anglatsa, bu ijobiy, chunki u eng yuqori saviyada o‘ynay olishini isbotlagan yigit. Biz kutishmiz kerak", - dedi Berxalter Daily Express bilan suhbatda.

Kiritildi: 14:28, 12.09.2022.
O'qildi: 1147 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик