Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

PFL rahbari maydonga tosh uloqtirayotgan "ahmoq"larga murojaat qildi

PFL rahbari maydonga tosh uloqtirayotgan "ahmoq"larga murojaat qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional Futbol Liga rahbari Diyor Imomxo‘jayev o‘zining telegramdagi rasmiy kanalida post qoldirdi.

"Futbol hissiyotlarga boy o‘yin. Biz o‘yin vaqtida mutaxassislar hissiyotini to‘g‘ri tushunamiz. Ular hakamni so‘kadi, futbolchilarni so‘kadi, VAR tizimini so‘kadi — barchasi tabiiy holat.

Muxlislar ham shunday. Aytaylik, bir necha ming kishining og‘ziga elak tutishning iloji yo‘q. Chunki muxlislar orasida albatta tarbiyasizlari, savsiyasizlari ham bo‘ladi. Rasmiy shaxslar esa bunga e’tibor qilmaslikka majburlar. Har akillagan itga javob qaytargan tomon g‘olib hisoblanmaydi. Butun stadion jo‘r bo‘lib so‘ksa, har bir muxlis bilan hisob-kitob qilishning imkoniyati yo‘q. Bizni ham so‘kishadi, izohlarda, stadionlarda va hokazo. Ignor qilamiz, normal yechim shu.

Qandaydir Angliyada biror klub rasmiylari jurnalistga hujum qilsa, uning texnik vositalarini o‘zboshimchalik bilan tortib olsa, jamoatchilik uni tinch qo‘ymaydi, masala hatto iste’fogacha yetib boradi, holat shu klub va rasmiylarning keyingi faoliyatiga ham jiddiy ta’sir qiladi. Chunki hujumga uchragan inson o‘rnida ertaga siz bo‘lmasligingizga hech kim kafolat bermaydi.

Bizda har kim axborot olish va uni tarqatish huquqiga ega. Futbolimizda u kim bo‘lishidan qat’iy nazar Reglamentga amal qilishga majbur. Hech kimning shohi yo‘q. Nasaf murabbiyining ishi ham qo‘mitaga oshirildi, o‘z vaqtida So‘g‘diyona murabbiyining ishi ham oshirilgan. Ertaga Paxtakor murabbiyi ham shu kabi uyatli ishlar qilsa, unga nisbatan ham chora ko‘riladi. Biz musobaqalarimizda faoliyat olib borayotgan OAV vakillarini shu musobaqalar doirasida himoya qilamiz. Agar OAV biror murabbiyning shaxsiy hududiga ruxsatsiz, etika normalariga zid ravishda kirib borsa, biz albatta shu mutaxassis tomonida bo‘lamiz.

Samvel Babayanning Namanganda faoliyat olib borishida yutuqlar bo‘lyapti. Klub chempionlik uchun da’vogar, farm-jamoa Pro ligaga yaqin turibdi, U19 jamoa ham oltin medallar uchun asosiy kurashchi. Coca-cola Superligada kuchli raqobat bo‘lishi uchun bizga Berdiyevlar, Qosimovlar, Babayanlar, Abramov-u Shaskixlar kerak. Biroq bunda hamma teng. Hech qaysi biri alohida vakolatlarga ega emas.

Va albatta muxlislar ham kengroq fikrlashlarini istardik. Maydonga tosh uloqtirayotgan ahmoqlar uchun bitta savolimiz bor: maydonda otangiz yoki farzandingiz bo‘lsa ham shu ishni qilarmidingiz? Savol hech bo‘lmasa o‘ylantirib qo‘ygan bo‘lsa, jilla qursa vijdoningiz bor. Shu ham ta’sir qilmasa, manqurtdan farqingiz yo‘q. Futbol birlamchi emas, insoniylik, insonlar xavfsizligi, ularning huquq va erkinliklari doim birlamchi. Buni hurmat qilish shart!" - deyiladi Imomxo‘jayevning telegram kanalida.

Kiritildi: 09:57, 13.09.2022.
O'qildi: 2133 marta.
Fikrlar: 36 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.