Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Yuzaga kelgan tanaffus «Chelsi», «Liverpul» va «Manchester Yunayted»ga foyda keltirishi mumkin

Yuzaga kelgan tanaffus «Chelsi», «Liverpul» va «Manchester Yunayted»ga foyda keltirishi mumkin

Baho:
+ | -

Jurnalist Yurgen Kloppdan APLdagi o‘yinlarning qoldirilgani jamoa ritmini buzib qo‘yishi mumkinligi haqida so‘raganda, murabbiy to‘g‘ri ta’kidladi - aksincha, tanaffus jamoaning ritmga tushib olishiga yordam berishi mumkin.

"Chelsi", "Liverpul" va "Manchester Yunayted"ning 2 tadan o‘yini boshqa kunga qoldirildi. "Arsenal", "Tottenhem" va "Manchester Siti" esa, kelayotgan shanbada maydonga tushadilar. Taqdirni hazilini qarangki, aynan ko‘proq mashg‘ulotga muhtoj bo‘lgan va o‘yin ritmini topishga ehtiyoj sezgan jamoalarda bu imkoniyat taqdim etilmoqda.

Chunki "Arsenal" ham, "Siti" va "Tottenhem" ham transfer bozoridagi asosiy o‘zgarishlarni ancha erta amalga oshirishdi va mavsumoldi yig‘inlarda to‘liq optimal tarkibda qatnashishdi. Mavsum startida bu qo‘l kelgani shubhasiz, aynan shu jamoalar hozirda dastlabki uch o‘rinni egallab turibdi.

Avval sanalgan uch jamoa esa, aksincha. "Chelsi" asosiy xaridlarini avgustning oxirida amalga oshirdi, buning ustiga murabbiy almashdi. Mundialgacha jamoalar haftada ikki o‘yin rejimida o‘ynashini e’tiborga olsak, to‘laqonli mashg‘ulot o‘tashning ham imkoni yo‘q - tanaffus Potter uchun foydali. "Yunayted" ham Kazemiro, Antoni kabi transferlarni ancha kech amalga oshirdi, Eriksen, Ronaldu kabi futbolchilar yig‘inlarga ancha kech qo‘shilishdi. "Liverpul" esa, asosan jarohatlar va maydon markazidagi muammolar tufayli, mavsumni ko‘ngildagidek boshlay olmadi. Kloppning gaplarida jon bor.

Xullas, ha, qachondir bu jamoalar boshqalardan ko‘ra kamroq dam oladilar, qaysidir haftada ortiqcha o‘yin bo‘ladi, lekin Klopp, Ten Xag va Potter hozirgi tanaffusni sovg‘adek qabul qilayotganlari shubhasiz.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 17:21, 13.09.2022.
O'qildi: 2858 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.