Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Eng qimmat murabbiylar qatoriga kirgan Potter o‘ziga sarflangan pullarni oqlay oladimi?

Eng qimmat murabbiylar qatoriga kirgan Potter o‘ziga sarflangan pullarni oqlay oladimi?

Baho:
+ | -

"Chelsi" Potter uchun 23 million yevro to‘lagan. Hech bir murabbiy bunchalik qimmatga xarid qilinmagani qiziqarli albatta.

"Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi Grem Potter chorshanba kuni yangi jamoasida debyut qiladi.
Tomas Tuxelning bunday keskin ishdan bo‘shatilishidan so‘ng, u munosib bosimga duchor bo‘ladi, ammo bu holat asablarni yanada taranglashtirishi tabiiy. Londonliklar "Brayton"ga Potter va uning xodimlarining transferi uchun 23 million yevro to‘lashdi - murabbiyning transferidan so‘ng darhol boshqa raqamlar ham chiqa boshladi, ammo bu yerda biz The Times ma’lumotlariga tayanganimiz ma’qulroq. U darhaqiqat, istiqbolli mutaxassis, ammo hozir u murabbiylarga to‘langan summalar reytingida ham yetakchilik qilmoqda.

Potter "Brayton"ni 2019 yildan beri boshqarib keldi, uning shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan edi, shu sababli "Chelsi" qo‘shimcha tovon puli to‘lashga ham majbur bo‘ldi.

Quyida Potterdan boshqa yana eng qimmat murabbiylarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

• Yulian Nagelsmann "Bavariya"dagi ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Bu vaqt ichida u ikkita sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi: mamlakat chempionati va Germaniya Superkubogi.

• «Real»ga o‘tgan dekada boshlarida Joze Mourinyo juda ham kerak edi, u «Inter» bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonganidan so‘ng "qirollik klubi" e’tiborini tortdi. Biroq "Real" uchun portugaliyalik mutaxassis juda ham qimmatga tushdi. U faoliyatining navbatdagi cho‘qqisiga chiqishni maqsad qilar edi. Madridda Joze birinchi mavsumda faqat Ispaniya kubogini, ikkinchisida esa nihoyat chempionlikni, keyin esa mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi. Uni qaysidir ma’noda o‘ziga sarflangan pullarini oqladi deyish mumkin.

• "Chelsi"ga kelgan Andre Villash-Boash ham o‘sha paytda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Mutaxassis "Portu"da porlagandan so‘ng "aristokratlar" bosh murabbiyligiga tavsiya qilindi. Keyinchalik u ichki liga, Portugaliya kubogi va Yevropa ligasida g‘olib chiqdi. O‘sha paytda Villash-Boash uchun to‘langan mablag‘ rekord darajada edi - ammo u "Chelsi"da muvaffaqiyatga erisha olmadi.

• Brendan Rodjers ikki marta katta transferga sabab bo‘ldi: dastlab u "Liverpul" bilan Premyer-liga oltin medaliga yaqin kelgandi, ikkinchi marta esa uning "Lester"i yevrokuboklarning barqaror ishtirokchisiga aylandi.

• Kristof GaltYE. Bu yozda mutaxassis Messi-Mbappe-Neymar hujumi atrofida mazmunli o‘yin qurish uchun "PSJ"ga keldi. Natijalarga e’tibor berishga shoshilmang, uni kuzatishda davom etamiz.

• Ruben Amorim "Sporting"dagi mavsumida Portugaliya chempionatida oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Hozir hammasi yaxshi emas (8-o‘rin), ammo Chempionlar ligasida Amorim klubi mehmonda "Ayntraxt"ni mag‘lub etdi (2:0) va kecha "Tottenxem"ni ham.

• "Borussiya Myonxengladbax" may oyida jamoa ustozi Adi Xyutter bilan shartnomani bekor qildi. Qoniqarsiz natijalardan so‘ng uning o‘rniga mart oyi boshida “Krasnodar”ni tark etgan Daniyel Farke keldi.

• Mark Xyuz shayx davri boshlanishidan ikki oy oldin «Manchester Siti»ga kelib qo‘shilgandi. U klubda bor-yo‘g‘i bir mavsum ishladi va keyinchalik "Bredford Siti"ni boshqardi.

Kiritildi: 06:09, 14.09.2022.
O'qildi: 1867 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.