Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Ronaldu uchun mavsum omadsiz boshlanmoqda

Ronaldu uchun mavsum omadsiz boshlanmoqda

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu so‘zsiz dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. U shunchaki mashina. Krishni "terminator"ga ham qiyoslashadi. Bunisi ham to‘g‘ri. Ammo ushbu mavsum starti Ronalduga omadsiz boshlandi. Bunga sabab jamoadagi uning o‘rni va ketish istagida umuman qatnashilmagan mashqlar ekanligi aytilmoqda. Rostan ham ushbu mavsum Krish uchun omadsiz o‘tmoqda. 

Ishonish qiyin, ammo mavsumning dastlabki yettita uchrashuvida Krishtianu birorta ham gol ura olmadi va birorta ham golda ishtirok eta olmadi.

"Manchester Yunayted"ning ikkita o‘yinida, Ronaldu startda maydonga tushganida, jamoa birorta ham gol ura olmadi. U zaxira o‘rindig‘ida qolganida "qizil iblislar" gollarni qalashtirib tashlamasada realizasiyada yaxshi natija ko‘rsatmoqda. 

Ketma-ket to‘rtta o‘yin davomida Krishtianu birinchi daqiqalardan asosiy tarkibda tushmadi va bu bejiz emasdek ko‘rinmoqda. Portugaliyalik super yulduz asosiy tarkibda tushgan o‘yinlarda "MYU" ochko yoqotmoqda. 

O‘tgan payshanba kuni Ronaldu ilk bor Yevropa ligasida o‘ynadi (avvalgi safar UYEFA kubogida edi). Uchrashuv davomida u to‘rt marta ofsaydda qoldi. Boshqa futbolchilarda umuman o‘yindan uzilib qolish kuzatilmagan. 

Ushbu uchrashuvda Krishtianu gol kiritdi, ammo u hisoblanmadi - sabab esa, yana o‘sha offsayd. Ronaldu jarima zarbasi orqali statistikani yaxshilashi mumkin edi, lekin to‘pni jonli devordan o‘tkaza olmadi. 

Whoscored portali Krishtianuni "Real Sosyedad"ga qarshi o‘yinning eng yomon futbolchisi deb topdi, uning o‘yiniga 5,83/10 ball berildi.

Kelajakda Krishtianuning pozisiyasi o‘zgaradimi, buni vaqt ko‘rsatadi. Agar portugaliyalik futbolchi o‘zini ko‘rsata olmasa, omadsiz start omadsiz mavsumga aylanishi mumkin. 

M.Pardaboyev tarjimasi 

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 19:09, 14.09.2022.
O'qildi: 2339 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик