Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton
01/10 13:00 Sentrel Kost 1-2 Buriram Yunayted
01/10 15:00 Kavasaki Frontale 0-1 Kvangju
01/10 15:00 Poxang Stilers 3-0 Shangxay Port
01/10 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Shanghai Shenhua
01/10 21:00 Sepohon 4-0 Istiqlol Dushanbe
01/10 21:00 Sharja 2-2 Al-Vihdat
01/10 21:45 Zalsburg 0-4 Brest
01/10 21:45 Shtutgart 1-1 Sparta
01/10 23:00 Al-Hilol 5-0 Ash-Shorta
01/10 23:00 Al-G‘arafa 4-2 Al-Ayn
01/10 23:59 Arsenal 2-0 PSJ
01/10 23:59 Bayer 1-0 Milan
01/10 23:59 Borussiya D 7-1 Seltik
01/10 23:59 Barselona 5-0 Yang Boyz
01/10 23:59 Inter 4-0 Srvena Zvezda
01/10 23:59 PSV 1-1 Sporting
01/10 23:59 Slovan 0-4 Manchester Siti

APL qaytmoqda: navbatdagi turda nimalarga guvoh bo‘lamiz?

APL qaytmoqda: navbatdagi turda nimalarga guvoh bo‘lamiz?

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi bu hafta yakunida yana qaytadi. O‘tgan tur o‘yinlari Britaniya Qirolichasi o‘limi ortidan qoldirilgan edi. Endilikda, 6-tur bahslari boshqa paytga qaytadan rejalanadi. Quyida siz bilan kelayotgan turda guvoh bo‘lishimiz mumkin bo‘lgan voqealar haqida gaplashamiz.

Qirolichani yodga olish

O‘tgan haftadagi bahslar Qirolichaga hurmat saqlagan holda qoldirilgan edi. Kelayotgan turda esa bizni o‘yindan oldin maxsus marosimlar kutadi. Unda futbolchilar va stadiondagi muxlislar startdan oldin bir daqiqa sukut saqlashadi. Qolaversa, Angliya milliy madhiyasi ham yangrashi belgilangan. Har bir bahsning 70 daqiqasida o‘yin to‘xtatilib, butun stadion Qirolichani olqishlaydi. Bu esa Yelizaveta Ikkinchining mamlakatni 70 yil davomida boshqarganining ramzi o‘laroq qaraladi. Shu payt davomida yirik monitorlarda Qirolichaning chehrasi gavdalantiriladi. Aytgancha, 7 turning 3 ta bahsi ma’lum sabablarga ko‘ra qoldirilgan.

Juma – muhim kun!

Juma oqshomida ikkita bahs bo‘lib o‘tishi belgilangan. Ulardan birida Stiven Jerrard shogirdlari Xazenxyuttl yigitlariga qarshi chiqadi. Hozirda "Aston Villa"ning ishlari unchalik yaxshi emas. Ha, birmingemliklar so‘nggi turda kutilmaganda, "Manchester Siti" bilan durangga erishdi. Shunday bo‘lsada, Jerrard jamoasi jadvalning quyisidan joy olib turibdi. Shu sabab, o‘z maydonida "Sautgemton"ni mag‘lub etish ko‘zlangan.
Yana bir bahs esa liga debyutantlari orasida kechadi. Unda "Nottingem" "Fulxem" bilan to‘qnash kelishi kutilmoqda. Stiv Kuper shogirdlarining ishlari ham ko‘ngildagidek emas. Xususan, "o‘rmonchilar" so‘nggi 3 ta bahsda faqat mag‘lubiyatga uchragan. Shuning uchun ularga g‘alaba zarur. Boz ustiga, o‘yin o‘z maydonida kechadi. "Fulxem" esa, raqibidan farqli ravishda ligaga ancha dadil bo‘lib qaytdi. Jamoa ayni damda turnir jadvalining birinchi qismida bormoqda.

Brenden Rojersning taqdiri hali qilinadi(mi?)

Ketma-ket APLda 5 o‘rinni qo‘lga kiritishlar va Angliya kubogi sohibi bo‘lish, endilikda, "Lester" uchun uzoq tarixga aylanib qoldi. Jamoa yangi mavsumni dahshatli tarzda yomon boshlagan edi. Klub yoz davomida muhim futbolchilaridan ayrildi. Ularning o‘rni deyarli to‘ldirilmadi. Natijada esa "tulkilar" besh turda ketma-ket mag‘lubiyat alamini totdi. Bu esa jamoani eng so‘nggi, 20 o‘ringa tushib qolishiga sabab bo‘lgan. Tabiiyki, bunday muvaffaqiyatsizliklar bosh murabbiyga ta’sir etmay qolmaydi. Brenden Rojers ayni damda bosim ostida qolgan. Navbatdagi tur mag‘lubiyat nimaligini bilmayotgan "Tottenxem"ga qarshi kechadi. Agarda uning jamoasi yana mag‘lub bo‘lsa, Rojers ortiq "Lester"da qolmasligi mumkin. Yana kim biladi deysiz?

"To‘pchilar" g‘alabali yo‘lga qaytishni istaydi

Mikel Artetaning yosh yigitlari yaxshi ketayotgan edi. Hammasi "MYU"ga qarshi bahsda yakun topdi. Jamoa mavsumning ilk mag‘lubiyatini qabu qilib oldi (3-1). Bu tur esa "Arsenal" uchun qaytish bo‘lishi kerak. Ammo raqib anoyi emas. "Brentford" o‘tgan mavsumning ilk bahsida "Arsenal"ni ancha qiynagan. Boz ustiga, o‘yin mehmonda kechadi. Ilk mag‘lubiyatdan keyin "Arsenal" g‘alabali yo‘lga qaytish uchun umid qilmoqda. Ko‘ramiz, Arteta buni eplarmikin...

Xolandni to‘xtatadigan bormi?

Erling Xoland o‘ziga otilgan tanqid toshlariga munosib javob bera oldi – unga APLga moslashish uchun vaqt kerak bo‘lmadi. Norvegiyalik hujumchi allaqachon 10 ta gol urishga erishdi. Xoland o‘ziga qarshi chiqqan barcha jamoaga gol urdi. Faqat, "Bornmut" bundan mustasno. "Vulverxempton"ni esa oldinda jiddiy sinov kutmoqda. Ammo "bo‘rilar"ning himoyasi ancha ishonchli. Ular bugunga qadar Angliyaning eng kam gol o‘tkazgan jamoasi bo‘lib turibdi (4 ta). Ammo, baribir, Xolandga qarshi turish oson bo‘lmaydi. "Manchester Siti" esa 6 ta turda jami 20 ta gol urishga erishgan. Shularning yarmi yolg‘iz Xolandga tegishli.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:00, 16.09.2022.
O'qildi: 3595 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.