Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Qatar-2022 ramzlari haqida gaplashamiz

Qatar-2022 ramzlari haqida gaplashamiz

Baho:
+ | -

2022 yilgi Jahon chempionati emblemasi

Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionati emblemasi qizil naqshli sakkiz raqamga o‘ralgan oq halqadir. Sakkiz raqami turnirda o‘yinlar o‘tkaziladigan stadionlar soniga ishoradir. Emblema shuningdek, cheksizlik belgisini ham anglatadi.

“Jahon chempionati logotipi ushbu turnirning mintaqadagi odamlar taqdiriga uzoq muddatli ta’sirini aks ettiradi. Bundan tashqari, emblemaning yuqori qismi g‘olib oladigan asosiy kubok shakliga o‘xshaydi”, — deya tushuntirdi JCH-2022 tashkiliy qo‘mitasi.

2022 yilgi jahon chempionatining rasmiy to‘pi

Jahon chempionatining rasmiy to‘pi “Al Rihla” deb nomlandi, bu arabcha "sayohat" degan ma’noni anglatadi.

Uning yaratuvchilari fikricha, Adidas tomonidan taqdim etilgan yangi to‘p hozirgi kungacha ishlab chiqarilgan toplar orasida eng tez va eng anig‘i hisoblanar ekan. Ushbu effektga erishish uchun to‘p CTR-Core texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan. Bu to‘p ichidagi kichik yadro bo‘lib, aniqlik va muvozanatni yaxshilashi kerak.

2022 yilgi rasmiy to‘pning umumiy sotuvining 1 foizi professional futbolchilar va murabbiylarni butun dunyo bo‘ylab futbol xayriyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z maoshlarining bir foizini jamoaviy fondga o‘tkazishga undaydigan “Common Goal” harakatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

2022 yilgi Jahon chempionatining ramzi

Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionatining maskotiga Laib nomli uchar gilam bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, arabchada bu "juda yaxshi o‘yinchi" degan ma’noni anglatadi. Shuningdek, u arab mamlakatlaridagi an’anaviy erkaklar bosh kiyimi kufiyaga o‘xshaydi.

Laibning dizaynini tayyorlagan insonlar uni "ta’riflab bo‘lmaydigan maskotlarning parallel olamidan" kelgan, deb nom berishgan. "Men o‘z orzulariga erishish yo‘lida o‘z niyatiga ega, mehnatsevar va intiluvchan har qanday odamni sevgi bilan qo‘llab-quvvatlayman", - deydi u FIFA veb-saytidagi videoda.

“Laib barchani o‘ziga ishonishga undaydi. U barchaga futbol quvonchini olib keladi”, - deyiladi FIFA rasmiy saytida.

2022 yilgi Jahon chempionati madhiyasi

Mart oyi oxirida Dohada bo‘lib o‘tgan turnirga qur’a tashlash marosimida Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022 rasmiy madhiyasi taqdim etildi. Bu amerikalik qo‘shiqchi Trinidad Kardona, Afrobeat yulduzi Davido va qatarlik qo‘shiqchi Aisha tomonidan ijro etilgan Hayya Hayya (Birgalikda yaxshiroq) qo‘shig‘i edi.

“Amerika, Afrika va Yaqin Sharq ovozlarini birlashtirgan ushbu qo‘shiq futbol qanday qilib dunyoni birlashtirishi mumkinligini anglatadi. FIFAning yangilangan musiqiy strategiyasining bir qismi sifatida ko‘p qo‘shiqli saundtrek muxlislarni har qachongidan ham ko‘proq Jahon chempionati ruhiga yaqinlashtiradi”, — dedi FIFA bosh tijorat direktori Key Madati.

Kiritildi: 18:55, 16.09.2022.
O'qildi: 3421 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик