Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya 2-0 Qatar
13/01 21:30 BAA 1-1 Suriya
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma
15/01 00:45 Inter - Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya

"Qo‘qon-1912” jamoasi prezidenti: “Jamoamiz ko‘rsatgan o‘yin bilan faxrlanaman”

"Qo‘qon-1912” jamoasi prezidenti: “Jamoamiz ko‘rsatgan o‘yin bilan faxrlanaman”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Nasaf” – “Qo‘qon” (2-1) uchrashuvidan so‘ng, “Qo‘qon-1912” jamoasi prezidenti Grigoriy Viktorovich Ayrapetov klub matbuot xizmati uchun Qarshidagi o‘yin borasidagi fikrlarini bayon qildi.


-Bugun Qarshidagi “markaziy” stadionda haqiqiy jang bo‘ldi deyishim mumkin. Jamoamiz futbolchilari so‘nggi daqiqalardagi omadsizlik tufayli mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsalar ham , men u lar bilan faxrlanaman. Murabbiylarimiz boshchiligida futbolchilarimiz bugungi o‘yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rib kelishgan edi.

O‘yinning birinchi taymi biroz mezbonlarning ustunligida o‘tdi. Lekin ikkinchi bo‘lim to‘lig‘icha bizniki bo‘ldi deya olaman. Bugun Qarshidan tarixiy g‘alaba bilan qaytishimiz mumkin edi. Ayrim vaziyatlarda omad ochiqchasiga bizdan yuz o‘girdi. O‘yin davomida jamoamiz sardori Murod Xolmuhammedov hamda darvozabonimiz Muzaffar Abdullayevlar barchaga o‘rnak bo‘lishdi. Umuman olganda bugungi o‘yin uchun futbolchilarimizga o‘zimning katta minnatdorchiligimni bildiraman. Shuningdek uzoq masofani bosib, stadionda jamoamizni qo‘llab turgan muxlislarga alohida rahmat aytaman. Jamoamiz har bir o‘yinda jangovor futbol namoyish qilmoqda. O‘ylaymanki bu o‘yin bilan futbolchilarimiz bemalol har qanday raqib ustidan g‘alaba qozona oladilar.

Keyingi turlarda muxlislarimizga uzoq kutilgan g‘alabalarni taqdim qilishimizga ishonaman.

Manba: "Қўқон-1912" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 07:40, 17.09.2022.
O'qildi: 909 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.