Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Solishtiramiz: Erling Xoland yoki Yoxan Kroyf? Kimning goli chiroyliroq edi?

Solishtiramiz: Erling Xoland yoki Yoxan Kroyf? Kimning goli chiroyliroq edi?

Baho:
+ | -

1973 yil, Rojdestvo bayramidan uch kun oldin Yoxan Kroyf La-ligada sehr ko‘rsatgan edi. Niderlandiyalik futbolchi "Atletiko" darvozasiga kung-fu uslubida gol urib, "Barselona"ning 2-1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan. O‘sha voqeadan qariyb yarim asr o‘tib, biz shunga o‘xshash golga qaytadan guvoh bo‘ldik. Bu safar esa norvegiyalik hujumchi ijrosida. Erling Xoland "Borussiya Dortmund" darvozasiga Kroyf uslubida gol kiritdi. Aynan uning goli sabab "Manchester Siti" o‘yinda g‘alaba qozongan edi. Bugun biz mana shu ikki zamondosh bo‘lmagan hujumchi tomonidan kiritilgan o‘xshash gollarning ayrim tomonlarini solishtirib ko‘ramiz. Demak, boshladik!

Zarba berish uslubi

Darvozaga zarba berish borasida bu ikkisining gollarini bir-biridan ustun qo‘ya olmaymiz. Chunki har ikki hujumchi ham jismonan yetib olish imkonsizdek tuyulgan to‘pga tega olgan. Nafaqat tega olgan, balki to‘g‘ri kontakt orqali to‘pni darvozaga to‘g‘irlab qo‘ygan. Muxlislardan so‘rovnoma o‘tkazilganida, ularning har 6 tasidan 4 tasi, bunday gol urish imkonsiz deb hisoblashini bildirgan. Ya’ni, o‘ta murakkab vaziyat golga aylantirilgan. Biroq, masalaning bir tomoni bor. Xoland va Kroyfning gavda tuzilishini solishtirib bo‘lmaydi. Xolandning haybatiga yarasha, oyoqlari ham ancha uzun. Kroyf esa nisbatan kichikroqdir. Shu sabab bu borada Kroyfni g‘olib deb bilamiz. Chunki u ancha qiyin vaziyatda bo‘la turib, gol urgandi.

Assist uslubiyati

Bu borada ortiqcha gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Ha, Kroyfga uzatilgan to‘p ham yomon emasdi. Ammo Joao Kanseluning uzatmasi mutlaqo boshqa daraja. Chap qanot himoyachisi sifatida harakat qiladigan futbolchi, o‘ng-oyoq hisoblanadi. Portugaliyalik aynan ishchi oyog‘ining tashqi tarafi bilan shunday pas bergan ediki, to‘p raqibning 9 ta futbolchisi ustidan uchib o‘tib, to‘g‘ri Xoland tarafga yo‘nalgan. Yakun esa o‘ta sovuqqonlik bilan ijro etildi. Golni adekvat muxlis sifatida kuzatganlar, goldan ko‘ra uzatmaning go‘zalligini ustunroq deb biladi.

O‘yinning ahamiyati va golning muhimligi

Har qanday golni muhokama qilayotganda, eng avvalo, uning qaysi o‘yinda, qanday holatda va qachon urilganiga jiddiy ahamiyat berish lozim. Avvalo, Kroyfning goliga kelsak. Kroyf goli o‘yinda hisobni ochgan edi. O‘sha mavsum "Barselona" chempion bo‘lgan. Ikkinchi o‘rinni esa "Atletiko" egallagan. Bu jamoalar o‘rtasidagi farq esa 10 ochkoni tashkil etardi. Ya’ni, Kroyf gol urgan o‘yinda durang yoki mag‘lubiyat, "Barsa"ning yakundagi muvaffaqiyatiga unchalik ham ta’sir qilmas edi. Kroyf goli jismoniy tomonlama olqishga loyiq, lekin natija jihatdan unchalik emas.
Xoland vaziyatda esa mutlaqo boshqacha. Norvegiyalik o‘z golini o‘yinning oxirgi daqiqalarida urdi. Qolaversa, uning goli uch ochko keltirgan. Raqibning "Borussiya Dortmund" ekanini hisobga olsak, uning qadri yanada oshadi. Shu sabab, bu borada ham Xolandning goli g‘olib deb topildi.

Vaziyatni yakunlash

Har ikki golning farqlovchi eng asosiy jihati, bu uzatmalardagi turfa xillikdir. Xususan, Kanseluning Xolandga bergan uzatmasi o‘ta mohirona ijro etildi. Ha, agarda Kanseluning o‘rnida De Bryuyne yoki Messi bo‘lsa, hech kim uzatmaga e’tibor qilmasdi – normal qabul qilinar edi. Ammo bu ishni Kanselu bajargani tahsinga loyiqdir. Vaziyatni yakunlashda Kroyfning imkoniyatlari kamroq bo‘lgan. Shu sabab uni afzal qo‘ysak, adolatdan bo‘ladi. Ammo uzatma nuqtayi nazaridan Xolandning goli chiroyliroq chiqqan. Shunday bo‘lsada, Kroyf bu bahsda ustunroq deb topildi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 20:45, 17.09.2022.
O'qildi: 2970 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.