Kataloniyaning Sport nashriga ko‘ra, "Barselona" Jerar Pike ushbu mavsum oxirida faoliyatini yakunlashini e’lon qilishidan umid qilmoqda.
Himoyachi 35 yoshda, Xavi endi uni jamoaning ajralmas futbolchisi deb hisoblamaydi. Biroq u baribir yuqori maosh oladi, bu esa "Barsa" uchun muammo.
Buskets ham yozda klubni tark etishi kutilmoqda va har ikki futbolchining ketishi "blaugrana"ga iqtisodiy jihatdan erkinlik olib keladi.
Pike o‘tmishda, agar u endi jamoaga foyda bera olmasa, faoliyatini yakunlashini aytgan va "Barsa" u o‘z so‘zida turishiga umid qilmoqda.