Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Eriksen Skoulz bilan solishtirishlari haqida qanday fikrda?

Eriksen Skoulz bilan solishtirishlari haqida qanday fikrda?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kristian Eriksen uni "qizil iblislar"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz bilan solishtirishni yoqtirishini tan oldi.

“Albatta, ular bilan solishtirish juda zo‘r, lekin siz o‘z yo‘lingizni va o‘z nomingizni yaratishingiz kerak”, dedi daniyalik futbolchi Politiken nashriga.

30 yoshli Eriksen 2022 yilning yozida "Brentford"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan edi. Ingliz klubi safida daniyalik futbolchi 8 ta o‘yin o‘tkazdi (6 tasi Premyer-ligada va 2 tasi Yevropa ligasida), bu o‘yinlarda 2 ta golga assistentlik qildi.

Pol Skoulz "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 1993 yildan 2013 yilgacha asosiy jamoada o‘ynagan. "Manchester Yunayted" tarkibida u 11 marta Angliya chempioni bo‘ldi, 5 marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi, shuningdek, uch marta mamlakat kubogi va 2 marta Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, yarim himoyachi ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

Kiritildi: 16:23, 21.09.2022.
O'qildi: 1850 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик