Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Leau: "Milan"dagi dastlabki ikki yilim qiyin kechdi"

Leau: "Milan"dagi dastlabki ikki yilim qiyin kechdi"

Baho:
+ | -

"Milan" hujumchisi Rafael Leau klubdagi moslashuvi haqida gapirdi. 23 yoshli portugaliyalikning so‘zlariga ko‘ra, Zlatan Ibrahimovich unga "rossonerilar" muhitiga ko‘nikishga yordam bergan.

“Milandagi dastlabki ikki yil qiyin kechdi, men Fransiyadan keldim, u yerda hamma narsa kichikroq va hayot butunlay boshqacha edi. "Milan"ga kelganingda g‘olib bo‘lish kerakligini, ko‘plab afsonalar siz bilan bir xil futbolka kiyib, ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritganini tushunasiz.

Bu davrda mening oilam, murabbiy Pioli va Ibra - har kuni yonimda bo‘ladigan odamlar hal qiluvchi rol o‘ynadi. Zlatan o‘rnak, u menga ko‘p narsani o‘rgatdi: savol berish, doimo diqqatni jamlash, hatto maydondan tashqarida ham bo‘lish qanchalik muhim. Biz nafaqat professional yoki hamkasb sifatida, balki erkaklar sifatida ham xohlaganimizdek gaplashamiz”, - dedi Leau.

Joriy mavsumda Leau “Milan” safida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 03:17, 22.09.2022.
O'qildi: 1161 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик