"Vest Xem"ning sobiq yarim himoyachisi Mark Noubl bugun rasman klubning yangi sport direktori etib tayinlandi.
“Mark o‘z lavozimini 2023 yilning 2 yanvaridan boshlaydi. U o‘z ishi orqali bosh murabbiy David Moyesga yordam beradi, shuningdek, direktorlar kengashi bilan ishlaydi", - deyiladi klub xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Mark Noubl professional futbolchilik faoliyatini 2022 yilning may oyida 35 yoshida yakunlagan edi. Yarim himoyachi va sobiq jamoa sardori 2005/06 yilgi mavsumdan beri "bolg‘achilar" safida o‘ynab keldi.
"Vest Xem" Angliya Premyer-ligasida 7 ta o‘yindan so‘ng 4 ochko jamg‘argan holda quyi ligaga tushib ketish zonasida bormoqda.