Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zPFL vakili OFKning lisenziyalash bo‘yicha seminarida ishtirok etdi

O‘zPFL vakili OFKning lisenziyalash bo‘yicha seminarida ishtirok etdi

Baho:
+ | -

22-23 sentyabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda Osiyo futbol konfederasiyasining Lisenziyalash bo‘yicha seminari o‘tkazildi. Unda O‘zPFL Klublarni lisenziyalash va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Zoxirjon Akramxonov ishtirok etdi.

OFK tomonidan yangi tasdiqlangan Lisenziyalash reglamentidagi o‘zgarishlar, qit’a futbol konfederasiyasining endilikda kuz-bahor tizimiga o‘tayotgani va ushbu mavsum almashishining lisenziyalashga ta’siri, lisenziyalash talablarini kuchaytirgan holda ayollar va futzal musobaqalarini yanada takomillashtirish borasidagi yangiliklar seminar ishtirokchilariga tanishtirildi.

OFKning barcha a’zo mamlakatlari lisenziyalash menejerlari qatnashgan seminarda ortda qolgan yilgi professional futbol klublarni lisenziyalash sarhisobi amalga oshirildi. Yodingizda bo‘lsa, 2021-yilgi lisenziyalash yakunlariga ko‘ra, 12 ta o‘zbek klubi OFK lisenziyasiga ega chiqqan edi. Lisenziya olgan klublar soni bo‘yicha O‘zbekiston Yaponiya va Janubiy Koreyadan so‘ng BAA bilan 3-pog‘onani bo‘lishib olgandi. Qolaversa, o‘tgan yili qit’ada dastlabki 4 ta mamlakat qatorida O‘zbekistonda ayollar jamoalarini ham lisenziyalash jarayonidan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi va Osiyodagi ilk ayollar jamoalari qatorida Jizzaxning “So‘g‘diyona-W” hamda Toshkentning “Bunyodkor-W” jamoalari OFK lisenziyasini qo‘lga kiritishdi. Seminarda 2021-yilgi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, endilikda yangi mavsumdan e’tiboran ixtiyoriy ravishda futzal klublari ham lisenziyalashga jalb etilishi ma’lum qilindi.

Ikki kun davom etgan seminarda ayni paytda OFKda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik 3 nafar mutaxassislar Avazbek Beridiqulov, Sanjar Rizayev va Ahmed Tillayev ham hozir bo‘lishdi. Avazbek Beridiqulov seminarning birinchi kunida OFK tashkil etadigan musobaqalar xususida taqdimot o‘tkazdi. Sanjar Rizayev esa qit’a futbol konfederasiyasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan rivojlanish dasturlari haqida seminar qatnashchilariga ma’lumot berdi.

Kiritildi: 13:20, 23.09.2022.
O'qildi: 1493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.