Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

O‘rtoqlik uchrashuvi. "Neftchi" Qirg‘iziston klubi bilan durang o‘ynadi

O‘rtoqlik uchrashuvi. "Neftchi" Qirg‘iziston klubi bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

"Neftchi" bugun qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi Premyer liga ishtirokchisi O‘sh shahrining "Kaganat" klubi bilan maydonda raqobatlashdi.

Bellashuv o‘rtoqlik maqomida o‘tganligiga qaramay maydonda haqiqiy jang kechdi. Farg‘onaliklar birinchi bo‘limning 12 daqiqasidayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Maydon markaziga yaqin joydan Doniyor Valiyevning chiroyli uzatmasidan so‘ng darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Shahzod Ubaydullayev xisobni ochishga erishdi. Shundan so‘ng "Neftchi"da bir qancha yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq samaradorlik borasida jamoa oqsadi. Mehmonlar ham birinchi bo‘lim yakuninida xisobni tenglashtirish uchun xujumga o‘ta boshlashdi va bu yakunda o‘z samarasini berdi. "Kaganat" burchak to‘pini amalga oshirgach, ximoyachilar hatosidan unumli foydalangan Begzadbek Nasirov hisobni 1:1 ko‘rinishiga olib keldi. Ushbu hisob birinchi bo‘lim oxirigacha saqlanib qoldi.

Ikkinchi bo‘limda farg‘onaliklar zaxiradagi o‘yinchilarni maydonga tushirgach, o‘yin ancha jonlandi. Bir qator xujumlar xavfli vaziyatlarga olib keldi. Lekin barcha urinishlar samarasiz yakunlandi. Gohida raqib posboni yaxshi harakat qilgan bo‘lsa, gohida futbolchilarga omad yetishmadi. Stadionga tashrif buyurgan muhlislar ikkinchi bo‘limda boshqa gol ko‘rishmadi va tabloda 1:1 hisobi o‘zgarishsiz qoldi.


"NEFTCHI " 1 : 1 "KAGANAT"

"Neftchi": 69 Yevgeniy Konyuxov (1.Mashxur Muxammaddjonov, 46), 44.Darko Stanoyevich (4.Andrey Mishenko, 46), 21.Muxsin Ubaydullayev, 31.Nodir Ne’matxonov(26.Aleksey Larin,46), 70.Abbos G‘ulomov, 88.Doniyor Valiyev(22 Umar Adxamzoda, 68), 6.Sirojiddin Qo‘ziyev, 17.Abdulloh Olimov(13 Lutfulla To‘rayev, 68), 25 Doniyor Madaminov(19 Mirzohid G‘ofurov, 68), 9.Sunnatilla Abdullajonov, 46.SHaxzod Ubaydullayev(76 Fahriddin Muxammadov, 71).

Manba: "Нефтчи" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 20:55, 23.09.2022.
O'qildi: 1352 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.