Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Bobur Abduxoliqov: «Maqsad — top-chempionatga yo‘l olish»

Bobur Abduxoliqov: «Maqsad — top-chempionatga yo‘l olish»

Baho:
+ | -

Yosh futbolchilardan tuzilgan «Energetik-BGU» klubi joriy mavsum Belarus Oliy ligasida chempionlikka da’vo qilmoqda.

Bunda «talabalar»ga «Nasaf» tarbiyalanuvchisi Bobur Abduxoliqovning samaradorligi juda qo‘l kelmoqda. Hamyurtimiz joriy mavsum Oliy liganing o‘zida 21ta o‘yin o‘tkazib, 20ta gol va 6ta samarali uzatma to‘plashga ulgurdi. Hujumchimiz shuning barobarida Belarus kubogi doirasidagi 1ta o‘yinda o‘zini ko‘rsatdi - 1tadan gol va assist. Asosiysi, u Belarus chempionati to‘purarlari poygasida ta’qibchilarini ancha ortda qoldirgan holda, peshqadamlik qilmoqda. Hujumchimiz yaqinda ijtimoiy tarmoq orqali Minsk klubi muxlislari bilan alohida muloqotga kirishdi.

- Minskda siz uchun vaqt qanday o‘tyapti?

- O‘yinlar va mashg‘ulotlardan bo‘shasam, shunchaki, dam olyapman, futbol ko‘ryapman.

- Mavsum davomida yuqori sport formasini bir maromda saqlab turibsiz... 

- Hammasi oddiy: kuniga ikki mahal astoydil mashg‘ulot o‘tkaz­yapmiz.

- Belarus yoqdimi? Minsk shahri-chi?

- Gap yo‘q. Minksda hammasi joyida, shahar ham juda go‘zal.

- Yozgi transferlar vaqti boshqa klublardan takliflar olganingizni bilamiz. Ularni nega rad etdingiz?

- Shunchaki, aytilgan sharoitlar to‘g‘ri kelmadi.

- Keyingi turda ham gol ura olasizmi?

- Albatta, harakat qilaman.

- Bosimga qanday chidayapsiz? Har holda, hozir chempionatning eng yaxshi to‘p­urarisiz...

- Bosim yo‘q, buni his qilmayapman.

- Joriy mavsum shu darajada muvaffaqiyatli kelishini kutganmidingiz?

- Bunday natija kutilgandi. Chunki mavsumoldi yig‘inlarida qattiq ishladik. Kayfiyat shunga yarasha, a’lo!

- Yaqin kelajak bo‘yicha rejalaringizni ayta olasizmi?

- Maqsad - top-chempionatlardan birida o‘ynash.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:20, 27.09.2022.
O'qildi: 2411 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.