Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Toni Kroos: «Superliga ancha oldin joriy etilishi kerak edi»

Toni Kroos: «Superliga ancha oldin joriy etilishi kerak edi»

Baho:
+ | -

Toni Kroosning so‘zlari futbol olamida e’tiborsiz qolmadi.

Nemis yarim himoyachisi OMR podkastida o‘zining professional faoliyatini tahlil qildi va ayrim nozik masalalar, jumladan Superliga va jahon chempionati haqida o‘z fikrini bildirdi.

Madridga ko‘chib o‘tish qarori haqida

- O‘sha paytda bu men qila oladigan eng yaxshi ish hamda sport va shaxsiy hayotimdagi katta qadam edi, chunki men 24 yoshda edim, o‘g‘lim bor edi, tilni bilmasdim. Siz dunyodagi eng katta klubga kelasiz va deyarli darhol ish boshlashingiz kerak. O‘z hayotingizni tartibga solishingiz va shu bilan birga maydondagi birinchi kundanoq boringizni berib ishlashingiz kerak, go‘yo o‘n yildan buyon shu yerda bo‘lgandek. Xudoga shukur, hammasi zo‘r bo‘ldi.

«Qirollik klubi»  prezidenti haqida

- Men unga juda yaqinman, u yaxshi qalbli odam. Birinchi kundanoq u meni o‘z klubiga qo‘shib olayotganidan xursand ekanligini his qildi. Vaholanki, bu «Real Madrid»dek klub uchun odatiy emasdi.

Florentino Peresning ishonchi haqida

- Sakkiz yildan beri «Real Madrid»daman va biz birinchi kundanoq yaqinmiz. Bilaman, bu sakkiz yil ichida u meni sotish haqida bir soniya ham o‘ylamagan. O‘shanda «atigi» 25 million yevroga o‘tgandim va albatta u meni keyinroq kattaroq summaga sotishi ham mumkin edi.

«Madrid» muxlislari haqida

- Klub bilan yaxshi munosabatdaman, bu menga juda yoqdi. Prezident, jamoa, muxlislar... shuning uchun ham bu yerdan ketmayman.

Superliga haqida

- Hech qachon o‘z prezidentingni ro‘yxatdan o‘chirma (kuladi). Superliga ancha oldin boshlanishi kerak edi, menimcha, uning ishga tushishi biroz vaqt talab etadi va men uni o‘yinchi sifatida ko‘rmayman. Bu boradagi fikrim shunday: men hali ham bunga ishonaman, lekin qachon bo‘lishini ayta olmayman.

Ingliz klublarining «xayoliy ustunligi» haqida

- Bu yil APL klublari hech qanday xalqaro chempionlikni qo‘lga kiritishmadi. Ko‘p yillar davomida Angliyada televideniye huquqlari bo‘yicha daromadlar sezilarli darajada yuqori bo‘ldi, ammo baribir bu ingliz jamoalarining barchasida g‘alaba qozonishiga olib kelmadi.

Krishtianu Ronaldu  haqida

- U kunlik mashg‘ulotlarga aql bovar qilmaydigan vaqt sarflaydi. U juda mehnatkash va bu muvaffaqiyatga erishishning yagona yo‘lidir.

Terma jamoani tark etishi haqida

- Terma jamoadan ketganimdan keyingi birinchi yilni yaxshi eslayman: Chempionlar ligasi finalida ham ajoyib formada edim. Demak, bu menga shunday qaror qabul qilish huquqini beradi.

Qatardagi jahon  chempionati haqida

- Qatardagi jahon chempionati bilan bog‘liq xato o‘n yil oldin qilingan.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 27.09.2022.
O'qildi: 1524 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик