Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

APL. "Arsenal" va "Tottenxem" futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa bilan tanishing

APL. "Arsenal" va "Tottenxem" futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa bilan tanishing

Baho:
+ | -

Bu hafta yakunida APL yana qaytadi. Unda ikkita markaziy uchrashuv mavjud. Shulardan biri "Arsenal" hamda "Tottenxem" bahsidir. Ayni damda "Shporlar" o‘z qo‘shnilaridan bir ochko ortda bormoqda. Agar ular derbi bahsida g‘alaba qozonsa, "Manchester Siti" "MYU" bilan yakshanba kuni o‘ynashini hisobga olib, "Tottenxem"ni birinchi o‘ringa ko‘tarilib oladi deyish mumkin. Ammo hozirgi "Arsenal" ham anoyilardan emas. Jamoa 7 ta turdan 6 tasida g‘alaba qozongan. Qolaversa, Mikel Arteta jamoasida raqibga qaraganda kuchliroq tarkib shakllangan. Ammo jamoada bir qator yo‘qotishlar ham bor. Xususan, "Arsenal" Emil Smit-Rou hamda Muhammad Elnenidan foydalana olmaydi. Parti, Zinchenko va Uaytlarning taqdiri ham so‘roq ostida qolmoqda. Shunga qaramay, Arteta uchun Edegor hamda Tirni xizmatga tayyor bo‘ladi. Quyida har ikki jamoa futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa e’tiboringizga havola etiladi.

"Arsenal"ning yozgi xaridi bo‘lgan Gabriyel Jezus mavsumni fantastik darajada boshladi. Ammo Xarri Keynni tanlash adolatliroq bo‘ladi. Shu sabab markaziy hujumga Keyn nomzodini tanladik. Chap qanotda "shporlar" yulduzi Son harakat qilsa, o‘ng uchun Angliya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Sakani tanlab oldik.
Martin Edegor o‘ninchi raqamli futbolchi rolini bajarib, pleymeyker zonasiga joylashtiriladi. Tayanch yarim himoyasiga esa "Arsenal"dan Granit Jaka, "Tottenxem"dan Pyer-Emil Xyoybyerg olindi.

Himoya borasida ham biz uchun qaror qabul qilish ancha murakkab kechdi. Shu sabab quyidagicha qaror qildik. Vilyam Saliba APLdagi davrini zo‘r boshladi. Ammo uning o‘rniga markazda Kristian Romero qo‘yildi. Sheriklikka esa Gabriel Magalyansh tanlangan. Qanotlarni "Arsenal" futbolchilar egallaydi. Xususan, chapda Kiran Tirni harakat qilsa, o‘ng uchun AQSHga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 90 daqiqa fantastik o‘yin ko‘rsatgan Takexiro Tomiyasu loyiq topildi.
Darvozabon borasida ancha o‘ylanishimizga to‘g‘ri keldi. Chunki bunda imkoniyatlar deyarli 50-50 edi. Shunga qaramay, oxirgi o‘yinlardagi natijalarga tayangan holda Ugo Lyoris o‘rniga Eron Ramzdeylni qo‘ydik. O‘ylaymizki, bu nisbatan adolatli qaror bo‘ladi.

 

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" APLning 8 turidan o‘rin olgan bahsda "Tottenxem"ni mehmon qiladi. O‘yin 1 oktyabr kuni, Toshkent vaqti bilan 16:30da start olishi belgilangan. Shimoliy London derbisi Premyer-liganing keyingi turiga qadar qaysi klub yetakchilik qilishini belgilab berishi mumkin.

Shuningdek, siz ushbu hafta yakunida Manchester derbisini ham kuzatib borish imkoniga ega bo‘lasiz.
Ayni damdagi turnir jadvali esa quyidagicha:

1. "Arsenal" - 18 ochko
2. "Man. Siti" - 17 ochko
3. "Tottenxem" - 17 ochko
4. "Brayton" - 13 ochko
5. "MYU" - 12 ochko.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 14:17, 29.09.2022.
O'qildi: 1494 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.