Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

"MYU" qishda hujumini kuchaytirmoqchi

"MYU" qishda hujumini kuchaytirmoqchi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yanvar oyida hujumni kuchaytirmoqchi.

Klub o‘tgan qishda hujumchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega bo‘ldi va bu jamoaning o‘sha paytdagi murabbiyi Ralf Rangnikning xohishi edi. Shunga qaramay, “MYU” bu masalani hal qilish uchun yozgacha kutishga qaror qildi.

Oxirgi transfer oynasida “Manchester Yunayted” markaziy hujumchi pozisiyasini mustahkamlay olmadi.

"Yunayted" yanvar oyida bozorni diqqat bilan kuzatib boradi. Klub qishda hujumni kuchaytirish uchun imkoniyat izlamoqchi.

Jurnalist Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, klub "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxenga qiziqish bildirmoqda. Biroq italiyaliklar 23 yoshli hujumchini qishda sotish niyatida emas va u uchun kamida 100 million yevro so‘rashadi.

"Manchester Yunayted" "Barselona"dan Memfis Depayni olib kelishni ko‘rib chiqishi mumkin. Hozirda futbolchi bor etiborini "Barselona" loyihasiga qaratgan. Uning klub bilan shartnomasi yozgacha amal qiladi, shuning uchun agar taklif tushsa, "Barsa" qishda u bilan xayrlashishi mumkin.

"Yunayted" yozda Depayni taklif qilish haqida o‘ylagan edi, ammo u o‘sha paytda klub uchun ustuvor vazifa emas edi. "Manchester Yunayted" uning transferi ustida ishlamayapti. Klub shunchaki tushunib turibdiki, uni qishda qo‘lga kiritish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari, yanvar oyida “Manchester Yunayted” hujumni PSV vingeri Kodi Gakpo bilan kuchaytirishi mumkin. Klub Gakpo agentlari bilan yaxshi munosabatda, chunki ular jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xagning manfaatlarini himoya qiladi. Ammo "Manchester Yunayted" bu futbolchining transferi ustida ishlamayapti.

Kiritildi: 20:01, 29.09.2022.
O'qildi: 1934 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик