Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

Mourinyo - daho va gap faqat g‘alaba qozonishda emas...

Mourinyo - daho va gap faqat g‘alaba qozonishda emas...

Baho:
+ | -

Oxirgi 15 yil ichida Joze 5 marta ishdan bo‘shatilgan.

Mourinyo ikki marta "Chelsi" xo‘jayini Roman Abramovich tomonidan ishdan bo‘shatildi - The Sun nashriga ko‘ra, 2007 yilda Joze ikki Angliya chempionligi va mamlakat kubogidagi g‘alabadan so‘ng Londonni tark etgan va 20 million yevro ishlab olgan.

2015 yilda Abramovich Mourinyoni ikkinchi marta istefoga chiqardi va shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun unga 14,5 million yevro to‘ladi. Bu vaqtga kelib portugaliyalik "ko‘klar" bilan yana bir Premyer-liga chempionligini va kubokni qo‘lga kiritgandi.

"Real Madrid" bilan Mourinyo Ispaniya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibiga aylandi, lekin uning futbolchilar bilan aloqasi yomon edi - madridliklar rahbarlari murabbiyni ishdan bo‘shatib, taxminan 20 million yevro tovon puli to‘lashdi.

“Manchester Yunayted”da Joze Yevropa ligasida g‘olib chiqdi va ikki marta Angliya kubogini qo‘lga kiritdi, lekin Premyer-ligada maqbul natijalarni ko‘rsatmadi, natijada – 2018 yilda tomonlar shartnoma muddati tugashidan oldin yo‘llarini ajratishdi va Mourinyo yana 17,5 million yevro oldi.

"Special One"ni oxirgi marta ishdan bo‘shatgan klub "Tottenxem" bo‘ldi — "shporlar" bilan tuzilgan shartnoma shartlariga ko‘ra, mutaxassis mavsum uchun taxminan 30 million yevro ishlab olgan. Shartnoma muddatidan oldin bekor qilingandan so‘ng, Joze o‘z hisobiga 18,6 millionni qo‘shib qo‘ygan.

Britaniyalik jurnalistlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis muddatidan avval ishdan bo‘shatilishi natijasida jami hisobda 97 million 674 ming 480 funt sterling ishlab olgan.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 06:00, 30.09.2022.
O'qildi: 2548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.