Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Karvaxal Xavining so‘zlariga qo‘shilmadi

Karvaxal Xavining so‘zlariga qo‘shilmadi

Baho:
+ | -1

Madridning “Real” klubi himoyachisi Dani Karvaxal “Barselona” bosh murabbiyi Xavining avvalroq Ispaniya chempionatidagi g‘alaba Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatdan ko‘ra tabiiyroq natija ekanini aytgan so‘zlariga izoh berdi.

Ispaniyalik futbolchi Xavining fikriga qo‘shilmagan va bu masala “Real” Yevropaning asosiy klub turnirida g‘olib chiqqanidagina ko‘tarilishini ta’kidlagan.

"Har kimning o‘z fikri bor. Menimcha, sakkiz yil ichida besh marta Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lganingizda, omad masalasi hatto muhokama qilinmaydi. Futbol - bu natijalar o‘yini. Ko‘p gol urgan va kamroq to‘p o‘tkazib yuborgan jamoa g‘olib hisoblanadi va bu borada biz eng kuchli edik", - dedi Karvaxal Marca nashriga.

Eslatib o‘tamiz, "Real" Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. La Liganing joriy mavsumini yetti turidan so‘ng “qaymoqranglilar” va kataloniyaliklar 19 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida qo‘shhokimlikni o‘rnatishdi.

Kiritildi: 17:43, 04.10.2022.
O'qildi: 2938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик