Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Jamoliddin Rahmatullayev: «Futbolchilarni ruhan tayyorlashga biroz vaqt ketdi»

Jamoliddin Rahmatullayev: «Futbolchilarni ruhan tayyorlashga biroz vaqt ketdi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev va jamoa sardori Lazizbek Mirzayev Janubiy Koreyaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

O‘yin haqida
— Barchani bugungi orziqib kutilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Hammaga kattakon rahmat. Biz sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizni his qilib turdik. Bizning maqsadlarimiz katta. So‘nggi paytlardagi yaratib berilayotgan imkoniyat va natijalar O‘zbekistonda bolalar futboli rivojlanib borayotganini ko‘rsatmoqda. InshaAlloh, Jahon chempionati ham biz uchun yaqinlashib bormoqda.

Birinchi bo‘lim haqida
— Bu yoshda psixologik holat ko‘p narsani hal qiladi. Birinchi bo‘lim biroz og‘ir o‘tdi. Bolalarni ruhan tayyorlashga biroz vaqt ketdi. Ularni o‘zlariga ishonchini qaytarishga harakat qildik. Oldimizda qiladigan ishlarimiz ko‘p.

Raqibning kuchli tomonlari va zaif tomonlari o‘rganildi. Ular Osiyoning eng kuchli jamoalaridan hisoblanadi. Ularga ham g‘alaba juda zarur edi. Lekin biz harakat qildik va vaziyatni o‘z foydamizga yakunladik. Xatolarni sovuq miya bilan ko‘rib chiqamiz va ularni to‘g‘irlaymiz. Biz bundan ham ko‘prog‘iga qodirmiz. Bolalar yosh, ular ustida hali ko‘p ishlaymiz.

Jismoniy holat haqida
— Bizda futbolchilarni vitaminizasiya qilish bo‘yicha muammo yo‘q. Bu borasida rahbariyat bilan hammasini hal qilganmiz. Biz avvalgi Yevropa jamoalari bilan o‘yinlarda bolalarimizni jismoniy holatini ko‘rdik. Bu tizimli narsa. Bu narsani doimiy olib borsak, sekin sekin bizda hammasi joyiga tushadi.

Lazizbek Mirzayev:

O‘yin haqida
— Bugun qiyin o‘yin bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. O‘FA vakillari, murabbiylar va jamoadoshlarimga rahmat aytmoqchiman. Bolalar hammasini isbotlashdi va natija bilan nimalarga qodirligimizni ko‘rsatdi.

Gol haqida
— Yaxshi niyat qilib jarima zarbasi  oldiga bordim. Ota-onam va muxlislar uchun oldimdagi imkoniyatdan foydalanishga maksimal harakat qildim. Xudoga shukur, bu gol bilan tugadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:03, 07.10.2022.
O'qildi: 2507 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик