Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Agar Maguayr maydonga tushsa...

Agar Maguayr maydonga tushsa...

Baho:
+ | -

Angliya milliy jamoa­si va «MYU» klubi sardori Garri Maguayrni qandaydir «qora kuch» ta’qib qilmoqdami yoki u chindan ham, no‘noq himoyachi?

 Vaqtida «Lester»ning olamshumul chempionlik yurishida katta rol bajargan futbolchi ayniqsa, oxirgi o‘yinlarda chinakamiga omadsizlik inkanjasiga tushib qoldi.

Diqqat qiling, Garri Maguayr boshlang‘ich tarkibdan joy olgan oxirgi 10ta o‘yinda uning jamoalari (Angliya termasi va «MYU» klubi) loaqal 1ta g‘alaba qayd etgani yo‘q. Shuncha uchrashuvning samarasi - 3ta durang va 7ta mag‘lubiyat. Vaholanki, deylik, «qizil iblislar» Erik ten Xag boshqaruvida binoyidek o‘ynamoqdalar, natijalari ham chakki emas, faqat Maguayrsiz...

Boz ustiga, Garri uchrashuvlarda bir qator jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymoqdaki, buning ortidan ijtimoiy tarmoqlar unga bag‘ishlangan turli-tuman memlarga to‘lib ketdi. Muxlislar endilikda bukmekerlik idoralariga aniq maslahat ham berishmoqda: «Avvalo, tarkibga qarang, unda Garri Maguayr bo‘lsa, «MYU»ning mag‘lubiyatiga pul tikishlarni qabul qilmang!»

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 17:00, 08.10.2022.
O'qildi: 3318 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.