Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

"Tottenxem"ning "pichog‘i yog‘ ustida" qoladigan ko‘rinadi

"Tottenxem"ning "pichog‘i yog‘ ustida" qoladigan ko‘rinadi

Baho:
+ | -

Londonning "Tottenxem" klubi ko‘p yillar davomida o‘z xususiy stadioniga ega bo‘lmay keldi. Jamoa bir necha yil davomida "Uebli"dan uy uchrashuvlarini o‘tkazish uchun foydalanib turdi. Bundan uch yarim yil oldin esa eski, o‘yingoh hududi - "White Hart Lane"da yangi stadion qad rostladi va foydalanishga topshirildi. Ushbu obyekt klub nomi bilan atala boshladi...

Stadion yangi bitkazilgan paytlarda klub direktori Deniel Levi u uchun to‘g‘ri keladigan kompaniya topish ustida bosh qotira boshlagan. Stadion nomi uchun da’vogar kompaniya mashhur brend bo‘lishi va katta pul taklif etishi kerak edi. Ammo bunday bo‘lmadi. Stadion hozirga qadar "Tottenxem Xotspur" nomi bilan atalmoqda.
So‘nggi xabarlarda aytilishicha, klub rahbari Levi allaqachon yangi kompaniya topib qo‘ygan. U "Google" bilan "o‘ta manfaatli" bitim borasida muzokaralar o‘tkazmoqda.
"Google" hozirga qadar sport olamida bir qancha hamkorlik shartnomalariga ega. Shulardan eng so‘nggisi "Formula 1" poygalari ishtirokchisi bo‘lgan "McLaren" bilan imzolangan bitim edi. Ushbu multimilliy korporasiya NBA va MLB bilan ham keng tijoriy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. "Tottenxem" o‘yingohi amerikaliklarni o‘zining sig‘imi va unda bo‘lib o‘tadigan APL va YECHL bahslari bilan o‘ziga jalb etmoqda.

9 oktyabr kuni "shporlar" stadioni Amerika futboli doirasida "Grin-Bey Pekers" hamda "Nyu York Jayents" o‘rtasidagi bahsga mezbonlik qilgandi. 62,850 kishilik sig‘imga ega o‘yingoh, shuningdek, regbi bo‘yicha final bahslari va Entoni Joshuaning boks bo‘yicha Oleksandr Usik bilan jangini o‘tkazib bergan. Qolaversa, u yerda tez-tez konsertlar ham o‘tkazib turiladi.
"Tottenxem" APLdagi eng yaxshi daromadga ega jamoalar qatorida beshinchi o‘rinda turadi. Klub allaqachon jamoa libosi homiysi bo‘lgan "AIA" hamda forma ta’minotchisi "Nike" bilan uzoq muddatlik shartnomalarga erishgan. Keyinchalik navbat, balki stadionga kelar...

"Barselona" shu yili o‘z maydoni bo‘lgan "Nou Kamp"ni "Spotify" nomi bilan atash borasida kelishuvga erishgandi. Bu orqali kataloniyaliklar har yili 78 million funt ishlab topadi. Xuddi shu kabi "Tottenxem"ning "Google" bilan kelishuvga erishishi ham jamoaning foydasiga ishlagan bo‘lardi. Ayni damda esa bu ish ustida jamoaning tijoriy bo‘limi boshlig‘i Todd Klayn ishlamoqda. Klaynda yaxshigina tajriba mavjud. U o‘tmishda Amerikada "Mayami" klubining stadionini nomlash huquqi borasida "Sun Life Invenst" bilan kelishuvga erishib, jamoaga 228 million funt foyda keltira olgan.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:44, 11.10.2022.
O'qildi: 4985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.