Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Penalti, gol, uzuk, guldasta...

Penalti, gol, uzuk, guldasta...

Baho:
+ | -

Rossiya Premyer-ligasi 11-turida kamtarin «Orenburg» o‘z maydonida «Sochi»ga kuchli «tarsaki» tushirdi - 4:1.

 Mezbonlar to‘p­urari Vladimir Sichevoy birinchi bo‘lim yakunida penaltidan samara chiqarib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. Shu tariqa chiroyli voqelikka asos tug‘ildi: muvaffaqiyatli zarbadan keyin zaxira o‘rindig‘i tomon yugurgan futbolchi murabbiyidan guldasta va uzuk oldi. Bunga parallel ravishda tribunadan mahbubasini yoniga chaqirdi. Vladimir shu asnoda sevgilisidan qo‘lini so‘radi. Gol nishonlashning go‘zal namunasi!

Futbolda shunga o‘xshash voqealar tez-tez kuzatiladi: uzukni tushirib yuborish, jamoaviy saflanish asnosida turmush qurish taklifi...

*** Mirror nashri Chili chempionatida kuzatilgan shunday voqeani esga soldi. Bunda venesuyelalik hujumchi Eduard Bello o‘yinda hisobni ochgach, zina orqali tribunaga ko‘tariladi va sevgan qizi qo‘lini so‘raydi. Bello o‘sha bahsda yana 1ta gol uradi, ammo yakunda jarohat tufayli maydondan ertaroq chiqib ketadi. Boz ustiga, uning jamoasi uchrashuvni 2:3 hisobida boy beradi.

*** Futbol sahnasi bu borada turli darajadagi boshqa ijodiy yondashuvlarni ham ko‘rgan. Deylik, sardor maqomidagi Tomas Xarvi bir safar go‘yoki jamoaviy suratga tushish uchun klubdoshlarini safga qo‘yadi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, ularning har biri futbolkasida mahbubasi nomining harflari yozilgan ekan. E’tiborlisi, o‘sha payt miya qopqog‘i transplantasiyasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan qiz ham stadionga kelgandi. Xullas, Xarvi unga jamoaviy saflanish asnosida turmush qurishni taklif qiladi.

*** Angliyada esa nikoh uzugi bilan bog‘liq qiziqarli holat yuzaga kelgan. «Vest Xem» vakili Issa Diop zaxiradan maydonga tushayo­tib, uzukni klub xodimlaridan biriga uloqtiradi. Biroq u maydon chetiga tushib ketadi va xodimning uzoq vaqt qidtirishiga to‘g‘ri keladi. Hattoki, boshqa xodimlar ham qidiruvga jalb etiladi. Diop bu vaqtda maydonda o‘ynayotgandi. Muhimi, uchrashuv tugashiga qadar uzukni topishadi va hammasi yaxshi yakunlanadi.

Darvoqe...

Vladimir Sichevoy o‘sha o‘yinda qizil kartochka olishi kerak edi. Zero, u «Sochi darvozasiga gol urishidan oldin, 31-daqiqada sariq kartochka olgandi. Demakki, hakam qoidalar bo‘yicha uni golni nishonlash vaqtidagi xatti-harakati uchun ikkinchi marta ogohlantirishi mumkin edi. Biroq referi Sichevoyni tushundi va qoidalarni chetlab o‘tdi. Vladimir - «Orenburg»ning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri. U RPLning joriy mavsumi 7ta gol urdi, jumladan, «Ural»ga qarshi bahsning ikkinchi bo‘limida «xet-trik»ka erishdi. E’tiborli tomoni, 26 yoshli futbolchi mavsum tugagach, familiyasini o‘zgartirmoqchi. «Yangi familiyam ham tayyor - Pisarskiy. Bu o‘gay otamning sharifi. Uni o‘z otamdek ko‘raman. Yaqin orada Sichevoy emas, Pisarskiy bo‘laman», - degandi futbolchi o‘z intervyusida.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 14.10.2022.
O'qildi: 1683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.