Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Pogba kelasi haftadan umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytishi kutilmoqda

Pogba kelasi haftadan umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytishi kutilmoqda

Baho:
+ | -

"Yuventus" va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba jamoaning umumiy guruhiga qaytishi mumkin.

L'Equipe xabariga ko‘ra, yarim himoyachi meniskus jarohatidan tiklanish jarayonini yakunlamoqda va kelasi haftadanoq umumiy guruhdagi mashg‘ulotlarni davom ettirishi mumkin. U hozircha individual dastur bilan shug‘ullanmoqda va og‘riqsiz yugurish mashqlarini bajarmoqda.

Qayd etilishicha, 29 yoshli futbolchi noyabr oyi boshida yoki oktyabr oyi oxirida maydonga qaytishi mumkin. Shu munosabat bilan u Fransiya terma jamoasining Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionati uchun qaydnomasiga kirish imkoniyatini saqlab qoldi.

Pogba shu yozda “Yuventus”ga tekinga o‘tdi va klub bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. U hali jamoa safida birorta ham rasmiy o‘yin o‘tkazmagan.

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Pogbaning JCH-2022 uchun terma jamoaga qo‘shilishi uchun o‘z formasini tiklashi kerakligini aytdi.

Kiritildi: 06:08, 16.10.2022.
O'qildi: 912 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.