Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

“El-klasiko”dan keyingi ayrim raqam va faktlar

“El-klasiko”dan keyingi ayrim raqam va faktlar

Baho:
+ | -

Kecha La Liga 9-turidan "Real" "Barselona"ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yindan so‘ng ayrim statistika va faktlar bilan tanishing.


— Bu rasmiy maqomda o‘tgan tarixdagi 250-klasiko bo‘ldi. Unda “Real” 101-g‘alabasini qo‘lga kiritdi, katalonlarda 97 ta g‘alaba bor, yana 52 marta durang qayd etilgan;

— “Real” so‘nggi 7 klasikodan 6 tasini g‘alaba bilan yakunladi. Bu oraliqdagi yagona mag‘lubiyat 2022 yilning 20 martida ro‘y bergan (0:4);

— “Barselona”ning La Liga safar o‘yinlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasi yakunlandi. Xavi jamoasi ketma-ket 18 safar o‘yinida yutqazmagandi;

— Anchelotti shogirdlari joriy mavsumdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 14 ta o‘yinga yetkazdi — 12 g‘alaba, 2 durang. Umumiy hisobda “Madrid” 18 o‘yindan beri yutqazmayapti;

— Rodrigo klasikoda penaltidan gol urgan “Real”ning 1916 yildan keyingi eng yosh futbolchisiga aylandi (21 yosh-u 280 kun). 106 yil avval Santyago Bernabeu (20 yosh-u 310 kun) bu rekordni o‘rnatgan;

— Levandovski “Bavariya”ga o‘tgan davridan shu kunga qadar “Real”ga 4 bor yutqazdi va bitta durang o‘ynadi;

— Karim Benzema “Barselona”ga 12-golini urib, klasiko to‘purarlari ro‘yxatida 8-o‘ringa chiqib oldi. Bu borada rekordchi — Messi (26)

Manba: Telegram.me/Futgol_uz
Kiritildi: 15:55, 17.10.2022.
O'qildi: 3065 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.