Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Levandovski: "Men hali so‘nggi so‘zimni aytmadim"

Levandovski: "Men hali so‘nggi so‘zimni aytmadim"

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland bilan raqobat haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, Levandovski Gerd Myuller mukofotini qo‘lga kiritgandi. Mukofot o‘tgan mavsumda klub va terma jamoa uchun rasmiy o‘yinlarda eng ko‘p gol urgan hujumchiga beriladi. Taqdirlash marosimida polshalikdan Erling Xoland kelasi mavsumda sovrin uchun uni mag‘lub eta oladimi, deb so‘rashdi.

“Mavsum juda uzoq. Bu men uchun "Barselona"dagi yangi bob va birinchi kundanoq o‘zimni bu klubda juda yaxshi his qilyapman. Ko‘ryapmanki, bu men uchun katta sinov. Juda yaxshi, men jamoadoshlarimdan bizda shunday katta salohiyat borligini ko‘ryapman. Menda ko‘p gol urish imkoniyati bor va ishonchim komilki, buning ustida birga ishlaymiz. Bu futbol. Siz doimo tayyor bo‘lishingiz kerak. Men hali so‘nggi so‘zimni aytganim yo‘q", - deya Levandovskining so‘zlarini keltiradi GOAL.

Eslatib o‘tamiz, Levandovski va "Barselona" o‘rtasidagi shartnoma 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 06:27, 18.10.2022.
O'qildi: 4460 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик