Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

“PSJ” yangi Ronaldu uchun 150 million yevro tayyorlamoqda. JCH uni super yulduzga aylantirishi mumkin

“PSJ” yangi Ronaldu uchun 150 million yevro tayyorlamoqda. JCH uni super yulduzga aylantirishi mumkin

Baho:
+ | -

Rafael Leau qishki transfer bozoridagi asosiy aktiv hisoblanadi. O‘tgan mavsum A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi ikkinchi ajoyib yilni o‘tkazmoqda va bir vaqtning o‘zida bir nechta top-klublarning e’tiborini tortdi. 23 yoshli hujumchi "Milan" bilan 2024 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan, biroq u bir necha oy ichida klubini o‘zgartirishi mumkindek ko‘rinyapti.

Leau qachon porlashni boshladi?

Leau ham Ronaldu kabi faoliyatini “Sporting”da boshlagan. Hujumchi tez rivojlandi: 2017/2018 yilgi mavsumda Rafael Portugaliya kubogida gol urdi, bu gol uning kattalar futbolidagi debyuti bo‘ldi. O‘sha mavsumda Leau UEFA Yoshlar ligasida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi (olti o‘yinda 5 + 3) va bir yildan so‘ng u “Lill”ga jo‘nadi. Fransuzlar uni tekinga olishdi.

Fransiyada hujumchi oldinga katta qadam tashladi. Liga 1 ga o‘tishdan oldin u kattalar darajasida atigi beshta o‘yin o‘tkazdi, lekin ularda ham u ikkita gol va bir golli uzatmani amalga oshirdi. 2018/2019-yilgi mavsumda Leau Fransiya chempionatining 24 o‘yinida sakkizta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Rafaelning "Lill" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan edi, ammo bunday o‘yinlardan so‘ng fransuz klubi istiqbolli yigitni "Milan"ga 29,5 million yevroga sotib yubordi. Portugaliyalik uchun Italiyadagi joriy mavsum allaqachon to‘rtinchisi.

Har yili hujumchi ko‘proq o‘ynab, A Seriyadagi o‘yinini yaxshilab boryapti:

2019/2020 yilgi mavsum - 31 o‘yin, 6 gol, 2 golli uzatma (1393 daqiqa);

2020/2021 yilgi mavsum - 30 uchrashuv, 6 gol, 6 golli uzatma (1930 daqiqa);

2021/2022 yilgi mavsum - 34 o‘yin, 11 gol, 10 golli uzatma (2620 daqiqa).

Bundan tashqari, o‘tgan mavsumda Leau "Milan" bilan Italiya chempioni bo‘ldi, mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, shuningdek, Portugaliyaning asosiy jamoasida debyut qildi. Hujumchi terma jamoa safida 11 o‘yin o‘tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. Klub mavsumiga kelsak, Leau uni juda yaxshi boshladi: u Chempionlar Ligasining to‘rtta o‘yinida uchta golli uzatmani amalga oshirdi va A Seriyaning sakkizta uchrashuvida 4+4 natija ko;rsatyapti.

Leau - Portugaliya terma jamoasining yangi yulduzimi?

Yevro-2016da g‘alaba qozongan Portugaliyada ikkita kuchli hujumkor o‘yinchi bor - Diogo Jota va Joau Feliks. Agar birinchisi asosiy o‘yinchi bo‘lsa va ko‘pincha o‘yinlar natijasini hal qilsa, "Atletiko" forvardi ko‘proq vaqtini kasalxonada o‘tkazadi va unga sarflangan 127,2 million yevroni oqlamaydi. U terma jamoada unchalik yaxshi ham o‘ynamaydi. Leau Portugaliyaning yangi asosiy yulduziga aylanishi mumkin. Uning katta turnirlarda tajribasi yo‘q, ammo aynan Rafael Fernando Santush uchun hozir muhim hujumkor o‘yinchi hisoblanadi.

Jota, Feliks va Ronaldu o‘ynagan kabi klublarda o‘ynamasa-da, Leau “Milan”ni yelkasida olib yuribdi. Hozir rahbariyat portugaliyalik bilan shartnomani yangilamoqchi, chunki unga allaqachon “Manchester Siti”, “Chelsi” va “PSJ” qiziqish bildirmoqda. Mediafoot xabariga ko‘ra, parijliklar vingerni 150 million yevroga sotib olishni faollashtirishga tayyor. Ammo "Milan" futbolchini saqlab qolish uchun bor kuchini sarflaydi. Football Italia xabariga ko‘ra, klub rahbariyati hujumchiga shartnoma taklif qiladi, unga ko‘ra u bonuslarni hisobga olmaganda, mavsum uchun 6 million yevro oladi.

Paolo Maldini: “Biz Rafael Leau bilan shartnomani uzaytirmoqchimiz, uning o‘sishiga yordam beradigan eng yaxshi klubmiz. Albatta, biz hali ham muzokaralar olib borishimiz va kelishuvga erishishimiz kerak”.

Maldini "Milan"ni Leau uchun ideal klub deb hisoblasa-da, "jamoada tegib bo‘lmaydiganlar yo‘q" deb ham ta’kidladi. Ko‘rinishidan, bu so‘zlar aniq ma’noni anglatadi: agar kimdir portugaliyalik uchun katta miqdorda pul (100+ million yevro) taklif qilsa, uni sotish mumkin.

Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionati Leauning "Milan"dan ketishi ehtimoli uchun katta rol o‘ynaydi. Portugaliyalik yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati g‘olibi va kumush medali sohibiga aylandi. Endi to‘rt yillikning asosiy turnirida o‘zini ko‘rsatish vaqti keldi.

Kiritildi: 10:16, 18.10.2022.
O'qildi: 8283 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.