Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Benzema "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgach, nimalar haqida gapirdi?

Benzema "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgach, nimalar haqida gapirdi?

Baho:
+ | -

“Bugun men ikki yulduzning muxlisi sifatida futbol o‘ynayapman - Ronaldu va Zidan. Ular “Oltin to‘p”ni ham qo‘lga kiritishgan va men mukofotimni Zizu qo‘lidan olganim o‘zim uchun katta ahamiyatga ega”.

«Ronaldu har doim mening kumirim bo‘lgan - hozir unga o‘xshagan hujumchilar yo‘q: uning maydonda qilgan ishlarini takrorlab bo‘lmaydi. U o‘ziga xos: agar men zaxira o‘rindig‘ida bo‘lganimda, u esa asosiy tarkibda bo‘lganida, men hech narsa demasdim. Uning darajasiga yetib bo‘lmaydi. Ronaldu nafaqat men uchun, balki barcha hujumchilar uchun o‘rnakdir”.

34 yoshida "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritganida

“Men doim “Oltin to‘p” haqida o‘ylardim, uni qo‘lga kiritish niyatim bor edi. Ko‘proq mehnat qila boshladim. Men o‘zimga jamoa yetakchisi bo‘lishim mumkinligini aytdim - men Madriddaman, dunyoning eng yaxshi klubidaman. 21-22 yoshimda hozirgidek intiluvchan emas edim. Ayniqsa, Valdebebasda va  terma jamoalarda bo‘lganimda, men qiyin paytlarni boshdan kechirdim”.

Bugungi Karim o‘zining olti yoshli bolaligiga nima degan bo‘lar edi

«Futbol o‘ynash, orzuingga ergashish kerak, deb aytgan bo‘lardim: «Oltin to‘p», Chempionlar ligasi va jahon chempionati... va doim maydonda tabassum, chunki futbol mening hayotimdagi asosiy narsalardan biri. Sen futbol o‘ynashing, zavqlanishing va bor e’tiboringni maydonga qaratishing kerak."

Ambisiya haqida

“Men shuhratparast ekanligimni allaqachon aytgandim. Fransiya terma jamoasi bilan hech qachon jahon chempionatida g‘alaba qozonmaganman. Men buni hali qilishim kerak - bu mening maqsadim. Men o‘zimga ishonaman. Qatarga boraman va g‘alaba qozonish uchun bor kuchimni sarflayman”.

Bir yil ichida ikkinchi "Oltin to‘p" haqida

“Menda bor narsadan zavqlanaman. Agar bu sovrinni yana yutib olsam, xursand bo‘laman. Ammo bunga erishish uchun avvalo ko‘p harakat qilish kerak. Men maydonda zavq olishim kerak, lekin jamoamning o‘yiniga yomon ta’sir o‘tkazmasligim shart. Agar yaxshi ish qilsam, yana shohsupaga chiqishim mumkinligini bilaman, lekin bu haqda o‘ylamayman - faqat o‘z ishimdan zavqlanaman».

Ispaniyada Robert Levandovski bilan raqobat haqida

“Raqobat yo‘q: biz har xil futbolchilarmiz. O‘rtamizdagi raqobatni siz jurnalistlar o‘ylab topasiz. Men mashq qilaman, tayyorlanaman va boshqa o‘yinchilar haqida o‘ylamayman."

Karim muvaffaqiyatida Madrid va Florentino Peresning roli haqida

"Real Madrid" dunyoning eng yaxshi klubi, ammo bu sovrinni qo‘lga kiritish uchun yaxshi futbol o‘ynash kerak. Men Florentinoni juda hurmat qilaman, chunki u meni doim, hatto eng qiyin damlarda ham qo‘llab-quvvatlagan. U men bilan shartnoma imzolash uchun Liondagi ota-onamning uyiga keldi. Bilaman, u bugun men uchun xursand: u menga doim bir kun kelib “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishimni aytgan”.

Kilian Mbappe haqida

“Mbappe marosim oldidan meni tabrikladi. Biz "Real" haqida gaplashmadik: u o‘zining qarori va uni muhokama qilmaymiz.

Karimning "Oltin to‘p"ning fransuzlar uchun ahamiyati haqida

“Ijtimoiy tarmoqlar orqali tabrik uchun Prezidentga minnatdorchilik bildiraman. Men maydonga tushganimda, e’tiborni jalb qilish uchun emas, o‘yinni tomosha qilayotganlarga his-tuyg‘ularni berish uchun o‘ynayman - muxlislar men bilan faxrlanishlarini bilaman."

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:31, 18.10.2022.
O'qildi: 4536 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.