Rossiyalik hamkasblarimiz transfermarkt portalining yangi baho daftarchasini ochib, yevrofutboldagi eng qimmatbaho yulduzlar ramziy terma jamoasini shakllantirishdi.
Sir emas, transferlar bo‘yicha rekordlar yildan-yilga yangilanmoqda va hozirda 100 million yevro atrofidagi summa hech kimni ortiqcha hayratlantirmayapti.
990 million yevrolik jamoa
Yevrofutbol-2022ning eng qimmatbaho o‘yinchilari ramziy jamoasiga qarasak, u 9ta klub vakillaridan tuzildi. Jamoaning umumiy summasi esa 990 million yevroga teng.
Darvozabon: Tibo Kurtua («Real») - 60 mln. yevro
Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold («Liverpul») - 80 mln. yevro; Ruben Diash («Manchester Siti») - 75 mln. yevro; Markinyos («PSJ») - 70 mln. yevro; Alfonso Devis («Bavariya») - 70 mln. yevro
Yarim himoyachilar: Jud Bellingem («Borussiya» D.) - 90 mln. yevro; Pedri («Barselona») - 90 mln. yevro; Brunu Fernandesh («MYU») - 85 mln. yevro
Hujumchilar: Kilian Mbappe («PSJ») - 150 mln. yevro; Vinisius Junior («Real») - 120 mln. yevro; Muhammad Saloh («Liverpul») - 90 mln. yevro
APL: 905 «limon» va 3ta klub
Endi har bir liganing eng qimmatbaho ramziy jamoasiga ham birrov nazar solamiz. Angliya klublari transferlarga hammadan ko‘p sarflashi - bugungi kunning yozilmagan qonuni. Har holda, APLning qaysidir kuchli klubi muayyan futbolchiga jiddiy qiziqsa, uning transferiga muammosiz pul topadi. 99 foiz holatda shunday. APLning hozirgi qimmatbaho «ramz»-jamoasiga kelsak, u atigi 3ta klub vakillaridan tashkil topdi. Umumiy summa - 905 million yevro. Ha, APL va yevrofutbolning eng qimmatbaho «ramz»lari bahosi o‘rtasida katta farq yo‘q. «MYU» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh nega yo‘q? Portugaliyalik futbolchi o‘rniga universal chizma bo‘yicha u bilan bitta pozisiyada o‘ynaydigan Kevin de Bryuyne olindi. Chunki ikkisining narxi teng, statistika bo‘yicha esa belgiyalik oldinda.
Darvozabon: Alisson («Liverpul») - 50 mln. yevro
Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold («Liverpul») - 80 mln. yevro; Ruben Diash («Manchester Siti») - 75 mln. yevro; Uesli Fofana («Chelsi») - 65 mln. yevro; Endryu Robertson («Liverpul») - 65 mln. yevro
Yarim himoyachilar: Fil Foden («Manchester Siti») - 90 mln. yevro; Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»») - 85 mln. yevro; Rodri («Manchester Siti») - 80 mln. yevro
Hujumchilar: Erling Xoland («Manchester Siti») - 150 mln. yevro; Muhammad Saloh («Liverpul») - 90 mln. yevro; Dias («Liverpul») - 75 mln. yevro
La Liga: 735 «limon» va 4ta klub
Ispaniyada transfer rekordlari tez-tez yangilanadi. Biroq hozirda chempionatning eng qimmatbaho futbolchilari ramziy jamoasi nisbatan arzonroq - 735 million yevro. Qolaversa, «ramz»ga 4ta jamoa vakillari kirishdi.
Darvozabon: Tibo Kurtua («Real») - 60 mln. yevro
Himoyachilar: Jyul Kunde («Barselona») - 60 mln. yevro; Eder Militao («Real») - 60 mln. yevro; Ferlan Mendi («Real») - 40 mln. yevro; Xuan Foyt («Vilyarreal») - 25 mln. yevro
Yarim himoyachilar: Pedri («Barselona») - 90 mln. yevro; Federiko Valverde («Real») - 80 mln. yevro; Joau Felish («Atletiko») - 70 mln. yevro
Hujumchilar: Vinisius Junior («Real») - 120 mln. yevro; Rodrigo («Real») - 75 mln. yevro; Arno Danjuma («Vilyarreal») - 50 mln. yevro
Bundesliga: 677 «limon» va 4ta klub
Bundesliganing eng qimmatbaho jamoasida ham aynan 4ta klubdan vakil bor. Summa esa La Liganikidan biroz past - 677 million yevro. Bunga avvalo, Germaniyada darvozabonlar bahosining kamligi sababdir.
Darvozabon: Gregor Kobel («Borussiya» D.) - 22 mln. yevro
Himoyachilar: Alfonso Devis («Bavariya») - 70 mln. yevro; Mattiys de Ligt («Bavariya») - 70 mln. yevro; Yoshko Gvardiol («RB Leypsig») - 60 mln. yevro; Benjamin Pavar («Bavariya») - 30 mln. yevro
Yarim himoyachilar: Jud Bellingem («Borussiya» D.) - 90 mln. yevro; Joshua Kimmix («Bavariya») - 80 mln. yevro; Kristofer N~Kunku («RB Leypsig») - 80 mln. yevro
Hujumchilar: Serj Gnabri («Bavariya») - 65 mln. yevro; Leroy Sane («Bavariya») - 60 mln. yevro; Patrik Shik («Bayer») - 50 mln. yevro
Liga 1: 660 «limon» va 2ta klub
Fransiya chempionati «shoh» jamoasiga shunchaki, «PSJ» yorlig‘ini yopishtirish kerak. Faqat «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovin «begona» xolos. To‘g‘ri, Liga1 ramziy jamoaning umumiy qiymati bo‘yicha Bundesligadan ham orqada - 660 million yevro.
Darvozabon: Janluiji Donnarumma («PSJ») - 50 mln. yevro
Himoyachilar: Markinyos («PSJ») - 70 mln. yevro; Ashraf Hakimi («PSJ») - 65 mln. yevro; Nunu Mendesh («PSJ») - 50 mln. yevro; Presnel Kimpembe («PSJ») - 40 mln. yevro;
Yarim himoyachilar: Marko Verratti («PSJ») - 50 mln. yevro; Fabian Ruis («PSJ») - 45 mln. yevro; Aleksandr Golovin («Monako») - 25 mln. yevro
Hujumchilar: Kilian Mbappe («PSJ») - 150 mln. yevro; Neymar («PSJ») - 75 mln. yevro; Lionel Messi («PSJ») - 50 mln. yevro
«A» seriya: 635 «limon» va 5ta klub
Eng internasional va arzon tarkib Italiyada. «A» seriyaning amplualar bo‘yicha eng qimmatbaho futbolchilari hozirda 5ta klubda o‘ynashmoqda va ularning umumiy summasi 635 million yevroga teng.
Darvozabon: Mayk Menyan («Milan») - 35 mln. yevro
Himoyachilar: Milan Shkrinyar («Inter») - 65 mln. yevro; Alessandro Bastoni («Inter») - 60 mln. yevro; Teo Ernandes («Milan») - 55 mln. yevro; Davide Kalabriya («Milan») - 25 mln. yevro
Yarim himoyachilar: Nikola Barella («Inter») - 70 mln. yevro; Sergey Milinkovich-Savich («Lasio») - 60 mln. yevro; Lorenso Pellegrini («Roma») - 45 mln. yevro
Hujumchilar: Dushan Vlaxovich («Yuventus») - 85 mln. yevro; Rafael Leau («Milan») - 70 mln. yevro; Federiko Kyeza («Yuventus») - 65 mln. yevro