Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"Milan" Leau bilan muzokaralarni boshladi

"Milan" Leau bilan muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

"Milan" rahbariyati Rafael Leau bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi.

Seshanba kuni klub vakillari futbolchining agentlari bilan yig‘ilish o‘tkazishdi. Uchrashuv bir soatdan ortiq davom etdi, tez orada klub vakillari va futbolchining agentlari yana uchrashadi.

Muzokaralar uzoq va qiyin kechishi kutilmoqda, futbolchining talablari ancha yuqori. Portugaliyalikning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.

Avvalroq, 23 yoshli futbolchining xizmatlariga "Chelsi" qiziqish bildirayotgani, "Milan" esa bu transfer uchun kamida 100 million yevro olmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

Joriy mavsumda A Seriyaning 9 ta uchrashuvida Leau 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 01:23, 20.10.2022.
O'qildi: 1307 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик