Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

O‘ziga o‘xshamayotgan Ronaldu

O‘ziga o‘xshamayotgan Ronaldu

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 12-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Manchester Yunayted" - "Tottenxem" bahsida Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq e’tiborli holat bo‘lib o‘tdi. U o‘yin tugamasdan, aniqrog‘i, 87-daqiqadagi o‘zgarishlardan so‘ng, Ronalduning o‘yinga tushmasligi aniq bo‘lgach, u namoyishkorona yechinish xonasiga kirib ketdi.

Ha, bir tomondan portugaliyalik futbolchini tushunsa bo‘ladi. U ko‘proq o‘ynashni, ko‘proq gollar urishni, yanada ko‘proq omma e’tiborida bo‘lishni istaydi. Shuning uchun butun o‘yin davomida zaxirada qolib ketishni xohlamaydi. Bunday holat yuz berganda esa jahl qiladi, murabbiy va muxlislarga nisbatan yuzxotir qilib o‘tirmaydi.

Ammo! Uning asosiy  tarkib o‘yinchisi bo‘la olmayotganiga kim aybdor? Murabbiymi? Axir Erik ten Xagga ham yuqori formadagi hujumchi kerak! Krishtianu esa "Yunayted"ning yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmadi. Aniqrog‘i, ishtirok etishni istamadi. U transfer oynasining so‘nggi kunlarigacha jamoadan ketishiga ishondi va bunga umid qildi. Shu bois, yangi murabbiy qo‘lostida yig‘inni inkor qildi.

Aslida, agar boshqa futbolchi bo‘lganida, "MYU" bunday qoidabuzarlik va ishga bo‘lgan munosabat bilan hech bir o‘yinchini kechirmagan va unga nisbatan keskin choralar qo‘llagan bo‘lardi. Ammo klub Ronalduning hurmati uchun bunday ishga qo‘l urmadi. Murabbiyga esa "chalajon Ronaldu" kerakmasda. Mutaxassis bunday pallada qattiqqo‘llik qilmasa bo‘lmaydi.

Qariyb 15 yildan buyon Ronaldu va Messini taqqoslab kelamiz. Ko‘pchilikning yakuniy xulosasa shu bo‘lganki, Leo Xudo tomonidan berilgan yuksak iqtidor egasi, portugaliyalik futbolchi esa o‘zining tinimsiz mehnati va yuqori professionalizmi evaziga shunday saviyaga erishgan. Haq gap.

Yeb-ichishining har bir gramm va kaloriyasi, uyqusi va dam olishining me’yorda bo‘lishi, mashg‘ulotdagi barcha yuklamalarga jiddiy e’tibor beradigan Ronaldu, yozda deyarli bir oy davomida klub safida shug‘ullanmasdan o‘z (faoliyat)iga "suiqasd" qildi. Bu fikr sal qo‘polroq eshitilishi mumkin. Ammo 37 yoshdan oshgan futbolchi ana o‘sha intizomsizlikning badalini to‘lamoqda. U hamon formaga kira olmayapti, yo‘qotgan to‘purarlik qobiliyatini qayta topa olmayapti.

U katta ehtimol bilan "Old Trafford"ni tark etadi. Uning kechagi qilig‘i esa unga da’vogar bo‘lgan keyingi klublar uchun jiddiy signal o‘laroq yangradi. Endi klublar sal o‘ylab shartnoma qilishadi.

Qatardagi Jahon chempionati boshlanishiga roppa-rosa bir oy vaqt qoldi. Ronaldu terma jamoa safida yuksak maqsadlarni ko‘zlayotganiga shubha yo‘q. Messi Mundial yaqinlashgan sari yaxshi formaga kirib bormoqda. Krishtianu ham shunday maqsad sari intilishi kerak va buning chorasini topishi shart. Faqat kechadidek "yo‘l" orqali emas...

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:33, 20.10.2022.
O'qildi: 10810 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.