"Yuventus" "Valensiya" darvozaboni Giorgi Mamardashviliga qiziqish bildirmoqda.
Tuttomercatoweb xabariga ko‘ra, gruziyalik futbolchini turinliklar Voysex Shesnining o‘rniga nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Mamardashvili Yevropaning eng istiqbolli darvozabonlaridan biri sanaladi.
Avvalroq, darvozabonga APLning top-klublari, jumladan, "Manchester Yunayted" ham faol qiziqish bildirgandi.